Statistik ma’lumotlarga köra, qayd etilgan baxtsiz hodisalarning 24 tasi guruhiy tusda bölgan. Şuningdek, 372 ta oğir oqibatli va 132 ta ölim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir bölgan.
Hududlar kesimida eng köp baxtsiz hodisa Toşkent şahrida qayd etilgan - 95 ta. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati 58 ta, Samarqand viloyati 53 ta, Qaşqadaryo viloyati 38 ta, Buxoro viloyati 34 ta va Andijon viloyati 33 ta holat bilan qayd etilgan.

Sohalar böyiça esa baxtsiz hodisalar eng köp sanoatda - 168 ta hamda qurilişda - 159 ta sodir bölgan. Savdo va xizmatlar sohasida 22 ta, transport va logistikada 20 ta, soğliqni saqlaşda 16 ta, qişloq va suv xöjaligida 15 ta hamda ta’lim sohasida 14 ta holat qayd etilgan.
Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlarga 11 mlrd 379 mln söm miqdorida bir yöla beriladigan va oyma-oy tölanadigan zarar pullari undirib berilgan.
Keltirilgan statistika mehnat xavfsizligi talablariga rioya etiş va iş joylarida xodimlar hayoti hamda salomatligini muhofaza qiliş masalasi dolzarbligiça qolayotganini körsatadi.












