Rossiya hukumati Voronejdagi koloniyada jazo muddatini ötayotgan 32 yoşli amerikalik sobiq dengiz piyodasi Robert Gilmanni ozodlikka çiqardi. Reuters xabariga köra, Vladimir Putin Gilmanni gumanitar sabablarga köra afv etgan. Avvalroq Vaşington Moskvani amerikalik fuqaroni vatanida davolanişi uçun ozod qilişga çaqirgan edi.
Gilman qiynoqlar va ongni özgartiruvçi dorilar yuborilayotganidan şikoyat qilgani uçun oilasi uning ahvolidan xavotirda edi. Yaqinlarining ta’kidlaşiça, Gilman iyun oyidan beri ruhiy tuşkunlikka tuşib qolgan. Sobiq dengiz piyodasi zond orqali ovqatlantirilayotgani xabar qilindi. Uning singlisi akasini ölim yoqasida bölişi mumkinligini taxmin qilgandi.
Reuters manbalarining da’vo qilişiça, 11-avgust kuni Gilman uni Vaşingtonga olib ketişi kerak bölgan Davlat departamenti samolyoti bortida bölgan. Agentlik suhbatdoşlaridan biri sobiq mahbusni körganini, uning yurgani va gapirganini aytgan.
Gilmanning rossiyalik advokati “Interfaks”ga uning ozod etilişi ehtimoli haqida ma’lumotga ega emasligini, biroq buni istisno etmasligini ma’lum qildi. “Men heç narsa bilmayman, lekin katta ehtimol bilan şunday. Menga hali heç kim xabar bergani yöq. Ma’lumotlarimga köra, u şifoxonada qolmoqda (iyul oyi boşida Gilman fuqarolik şifoxonasining psixiatriya bölimiga ötkazilgan edi) va meni hamon uning oldiga kiritişmayapti”, - dedi Irina Brajnikova.
Keyinroq Gilmanning ozod etilganini Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev va AQŞ yetakçisi Donald Tramp ham tasdiqladi.
32 yoşli Robert Gilman Rossiyada hibsda saqlanayotgan kamida ön nafar amerikalikdan biridir. 2022-yil yanvar oyida u Rossiyaning Voronej şahrida politsiyaçi bilan bölgan mojarodan keyin qölga olingan. Rossiya hukumati uni politsiya xodimiga hujum qilişda aybladi. Dastlab u 4,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinçalik unga nisbatan axloq tuzatiş muassasasi xodimlariga hujum qilişda yangi ayblovlar paydo böldi va umumiy jazo taxminan 10 yilga oşirildi.












