Xarkiv viloyati prokuraturasining ma’lum qilişiça, Rossiya qöşinlari Çuguyev tumanidagi Bugayevka qişloğini artilleriyadan öqqa tutgan. Hujum oqibatida turar joy binosi vayron bölgan va beş kişi halok bölgan.
Prokuratura 10-avgust kuni Telegram orqali tarqatgan ma’lumotida zarba turar joylar joylaşgan hududga berilganini bildirgan.
Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lumotiga köra, bir sutka davomida viloyatdagi 24 ta aholi punkti Rossiya tomonidan turli qurollar bilan öqqa tutilgan.
Uning qayd etişiça, uşbu hujumlar natijasida töqqiz kişi jarohatlangan. Şuningdek, fuqarolik infratuzilmasining köplab ob’yektlari şikastlangan yoki butunlay vayron bölgan.
Jumladan, fermer xöjaliklari, korxonalar, savdo dökonlari, xususiy va köp qavatli turar joylar, don omborlari hamda ma’muriy binolarga zarar yetgan.
Şu bilan birga, 10-avgustga ötar keçasi Rossiya Qurolli kuçlari Sumi şahridagi fuqarolik infratuzilmasiga boşqariladigan aviabombalar bilan beş marta zarba bergan.
Sumi viloyati davlat ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovning bildirişiça, uşbu hujumlar oqibatida kamida 14 kişi turli darajada jarohatlangan.
Ukraina Harbiy-havo kuçlari esa 10-avgustga ötar keçasi mamlakat hududiga keng kölamli havo hujumi amalga oşirilganini ma’lum qildi.
Ukraina tomoni ma’lumotiga köra, Rossiya kuçlari hujum davomida X-59/69 rusumli boşqariladigan aviatsiya raketasi, uçta «Banderol» barrajlovçi öq-dorisi, şuningdek, jami 126 ta Shahed, «Gerbera» turidagi hujumkor va nişonni çalğituvçi dronlardan foydalangan.
Ukraina havo mudofaasi bölinmalari 92 ta dron va uçta «Banderol» barrajlovçi öq-dorisini urib tuşirgan yoki radioelektron vositalar yordamida bostirganini bildirgan.
Şu bilan birga, 22 ta hududda 31 ta hujumkor dron nişonga tekkani, yana ikki joyda urib tuşirilgan apparatlarning parçalari qulab tuşgani qayd etilgan.
Ukraina Harbiy-havo kuçlariga köra, Rossiya tomonidan uçirilgan X-59/69 aviatsiya raketasi havo mudofaasi va boşqa qarşi çoralar natijasida öz nişoniga yetib bormagan.













