«Şerobod sement zavodi»ning 100 foizlik hamda «Şarğunkumir»ning 99,55 foizlik davlat uluşlari yagona lot sifatida sotuvga çiqarilgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi qöşimça ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, maskur korxonalarni sotib oliş böyiça 6 nafar mahalliy va xorijiy investordan ariza kelib tuşgan. Xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida Alkes Research kompaniyasi jalb qilingan.
«Konsultant tomonidan kelib tuşgan arizalar mazkur bosqiç uçun e’londa belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilindi. Tahlil natijalariga köra, barça talabgorlar e’londa belgilangan talablarga töliq muvofiq deb topildi. Ularga keyingi zarur qadamlar böyiça individual xatlar, şuningdek, xususiylaştiriş jarayonining navbatdagi - Majburiyatga ega bölgan takliflarni (BO) taqdim etiş bosqiçida iştirok etiş uçun jarayonni ötkaziş tartibi töğrisidagi xat (Process Letter) yuboriladi», deyiladi Davaktiv xabarida.
Majburiy takliflarni qabul qiliş 10 sentyabr soat 23:59 gaça davom etadi. Talabgorlar şu sanagaça taklif qilinayotgan summaning kamida 1 foizini zakalat sifatida E-Auksion’dagi şaxsiy kabineti orqali kiritişi kerak.
«Şerobod sement zavodi» - Surxondaryo viloyatida joylaşgan bölib, yiliga 1,5 mln tonnagaça sement işlab çiqariş quvvatiga ega. Korxonaga umumiy maydoni 57,5 ming kvadrat metr bölgan bino va inşootlar, 84 gektar doimiy foydalanişdagi yer uçastkasi hamda 500,7 gektar yer osti boyliklari mavjud bölgan hudud tegişli hisoblanadi.
«Şarğunkömir» ham Surxondaryo viloyatida joylaşgan Özbekistondagi yirik toşkömir qazib oluvçi korxonalardan biridir. Kompaniya yiliga qariyb 900 ming tonna kömir qazib oladi. Uning 12,5 kilometr uzunlikdagi öz temiryöl tarmoği hamda kömirni boyitiş fabrikasi mavjud.












