Prokuratura departamenti xabariga köra, holat Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangiobod tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida «Sangzor-15» YPX maskanida ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Samarqand—Toşkent yönalişida harakatlanib kelayotgan yuk maşinasi töxtatilib közdan keçirilgan.

Şunda, fuqaro A.U. tegişli hujjatlari bölmagan umumiy bahosi 588,5 mln sömlik jami 1000 quti dori vositasini Toşkent şahrida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqaro G.B.ga sotişga kelişib olib ketayotgan aniqlangan. Uşbu dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.