Turkiya iyul oyida Rossiya portlaridan jönatiladigan neft importini sezilarli darajada qisqartirdi. Mamlakat avgust oyida ham uşbu yönalişdan xarid hajmini yana kamaytirişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Reuters.

Agentlik ma’lumotiga köra, iyul oyida Ukraina Rossiyaning Qora dengizdagi neft infratuzilmasiga dron hujumlarini kuçaytirgan. Bu Kaspiy quvur konsorsiumi (KQK) terminalidan neft eksportining bir haftaga töxtaşi va Novorossiysk portida yuklaş işlarining beqarorlaşişiga olib kelgan.

Natijada iyul oyida KQK terminali orqali tankerlarga yuklangan neft hajmi qariyb 20 foizga kamaygan.

Turkiya CPC Blend, Qozoğistonning KEBCO va Urals markali neftning asosiy xaridorlaridan biri hisoblanadi. Iyul oyida mamlakat Rossiya portlaridan jami 900 ming tonnaga yaqin neft qabul qilgan. Iyun oyida bu körsatkiç 1,2 million tonna edi.

LSEG ma’lumotlariga köra, iyul oyidagi umumiy hajmning 300 ming tonnadan sal köproği Qora dengiz portlari orqali Turkiyaga yetkazib berilgan. Iyun oyida esa uşbu yönalişdagi yetkazib berişlar 600 ming tonnani taşkil etgan. Ya’ni Qora dengiz portlaridan Turkiyaga neft yetkazib beriş bir oy içida qariyb ikki baravar kamaygan.

Turkiya yangi neft manbalarini izlamoqda

Avgust oyida pasayiş davom etişi kutilmoqda. LSEG hisob-kitoblariga köra, Turkiya Rossiyaning Qora dengiz portlaridan taxminan 200 ming tonna neft qabul qilişi mumkin.

Ikkita tankerda Qozoğistonning KEBCO markali nefti yetkazib berilişi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda CPC Blend yoki Urals neftini Turkiyaga jönatiş böyiça yangi yuklamalar hozirça rejalaştirilmagan.

Treyderlarning ma’lum qilişiça, Turkiya neft ta’minoti manbalarini diversifikatsiya qilişga harakat qilmoqda. Şu maqsadda mamlakat Braziliya va Gayanadan ham xom neft import qilmoqda.

Kaspiy quvur konsorsiumi Qozoğiston neftini Rossiyaning Qora dengiz sohiliga yetkazib berişda muhim ahamiyatga ega. Odatiy şaroitda uşbu xalqaro neft transport tizimi orqali jahon neft tranzitining qariyb 1,8 foizi taşiladi. Reuters ma’lumotiga köra, KQK orqali yetkazib berişlar iyul oyi örtalaridan buyon uzilişlarga uçragan.

AQŞ Ukrainadan KQK tankerlariga zarba bermaslikni söragan

Financial Times 12-avgust kuni xabar berişiça, AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens 31-iyul kuni Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Ukrainadan Novorossiyskka kirayotgan neft tankerlariga dron hujumlarini töxtatişni söragan.

Naşrga köra, Vaşington Ukraina hujumlari jahon neft bozoridagi vaziyatni yanada beqarorlaştirişi va AQŞ kompaniyalari manfaatlariga zarar yetkazişidan xavotirlangan.

Gap, jumladan, Qozoğistondan quvur orqali Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi KQK terminaliga keltirilgan xom neftni taşuvçi tankerlar haqida bormoqda.

FT rasmiylar bayonotlari va oçiq manbalardagi ma’lumotlar tahliliga tayanib, Vens va Zelenskiy örtasidagi suhbatdan keyin Ukraina KQK terminali yaqinidagi tankerlarga zarba bermaganini qayd etgan.

Naşr manbalariga köra, Kiyev KQK infratuzilmasi va Qora dengizdagi Rossiyaga tegişli bölmagan kemalarga hujum qilmaslikka rozi bölgan. Biroq bu kemalar Ukraina sanksiyalariga tuşmagan va Rossiya nefti yoki boşqa yuklarini taşimayotgan bölişi kerak.

Ukrainalik yuqori martabali amaldor Kiyev Vaşingtonning pozitsiyasini inobatga olayotganini bildirgan. Uning aytişiça, AQŞning murojaatidan keyin Ukraina tegişli «mexanizmlar»ni işlab çiqqan. KQK masalasi AQŞ va Qozoğiston hukumatlari bilan muzokaralarda ham muntazam muhokama qilingan.