Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan ğallani noqonuniy olib çiqiş bilan boğliq 13 ta kema va 28 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Tegişli farmonni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 14-avgust kuni imzoladi.
Hujjat bilan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining Ukraina ğallasini noqonuniy olib çiqişga aloqador şaxslar, kemalar va kompaniyalarga qarşi sanksiyalar qöllaş töğrisidagi qarori kuçga kiritildi.
Sanksiyalar röyxatiga Rossiya bayroği ostida suzuvçi 8 ta, Panama bayroği ostidagi 3 ta, Beliz hamda Sent-Kits va Nevis bayroqlari ostidagi bittadan kema kiritilgan. Şuningdek, Rossiyaning 11 nafar fuqarosi va 28 ta yuridik şaxsga nisbatan ham çeklov çoralari belgilangan.
Kiyev sanksiyalarni boşqa davlatlar bilan muvofiqlaştirmoqçi
Ukraina prezidenti ofisi ma’lumotiga köra, Kiyev sanksiyalarni boşqa mamlakatlar yurisdiksiyalarida ham muvofiqlaştiriş maqsadida ittifoqçi davlatlarga zarur ma’lumotlarni taqdim etişni rejalaştirmoqda.
Ukraina tomonining asosiy maqsadi - Rossiya nazoratidagi hududlardan olib çiqilgan ğallaning xalqaro bozorga kirib borişiga yöl qöymaslik.
Prezidentning sanksiya siyosati böyiça vakili Vladislav Vlasyukning ta’kidlaşiça, vaqtinça bosib olingan hududlardan Ukraina ğallasini noqonuniy olib çiqişga aloqador barça tomonlar javobgarlikka tortilişi kerak.
Uning sözlariga köra, bu nafaqat mahsulotni taşiş yoki sotiş bilan şuğullangan kompaniyalar va ularning egalariga, balki kema kapitanlari hamda bevosita taşişda foydalanilgan kemalarga ham taalluqli.
Ukraina bundan avval ham şu kabi çeklov çoralarini joriy qilgan. Xususan, 2025-yil noyabrida 56 ta kema sanksiyalar röyxatiga kiritilgan edi.
Kiyev ma’lumotiga köra, mazkur kemalar Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan keyin Rossiya nazoratidagi portlarga noqonuniy ravişda kirib, u yerdan buğdoy, kungaboqar uruği va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini olib çiqqan.













