Mazkur ob’yektlar davlat rahbarining 2026-yil 30-apreldagi tegişli hujjati asosida barpo etildi. Ularning işga tuşirilişi natijasida qariyb 2 mingta yangi iş örni yaratiş, yiliga 50 ming nafar sayyohga mehmonxona xizmati körsatiş va xizmatlar eksportini 4 million dollarga yetkaziş maqsad qilingan.

Zamonaviy premium uslub va Xorazm milliy me’morçiligi elementlari uyğunligida qurilgan Kongress-holl xalqaro anjumanlar, biznes-konferensiyalar, hukumatlararo muzokaralar va madaniy forumlarni ötkaziş uçun möljallangan.

Umumiy maydoni 1,9 gektar bölgan majmuani barpo etiş uçun 857 milliard söm byudjet mablağlari yönaltirilgan. Atrofida keng yaşil hududlar va xiyobonlar taşkil etilib, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida obodonlaştiriş işlari amalga oşirilgan.

 

Kongress-hollga tutaş hududda xalqaro anjumanlar iştirokçilari va sayyohlarga qulay şaroit yaratiş maqsadida uç yulduzli mehmonxona qurildi. Qiymati 169 milliard söm, umumiy maydoni 1,6 gektar bölgan loyiha doirasida 60 ta yangi iş örni yaratilgan.

Tört qavatli mehmonxonada 310 öringa möljallangan 156 ta xona, keng vestibyul, resepşn, restoran-bar, bolalar xonasi va terrasa mavjud. Şuningdek, yopiq basseyn, fitnes va vellness hududlaridan iborat soğlomlaştiriş zonasi taşkil etilgan.

 

Davlat rahbari «Xiva Içan qal’a» qabullar uyini ham közdan keçirdi. Umumiy maydoni 2 gektar bölgan mazkur majmua rasmiy tadbirlar ötkaziş va xorijiy delegatsiyalarni qabul qilişga möljallangan. Loyiha qiymati 260 milliard sömni taşkil etadi.

Bino me’morçiligida Xorazmga xos mahobatli yoğoç öymakorligi ustunlari, gançkorlik san’ati, kök va firuza rangli koşinlardan keng foydalanilgan. Qabullar uyi atrofida vohaning boy tarixini aks ettiruvçi fotokörgazmalar va milliy hunarmandçilik ustaxonalari faoliyati yölga qöyilgan.

Şu yerning özida davlat rahbari Xorazm viloyati jamoatçiligi vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Suhbatda keyingi yillarda vohada röy berayotgan ulkan özgarişlar, odamlarning turmuş tarzi va tafakkuridagi yangilanişlar haqida söz bordi. Qadimiy Xorazm zaminida Yangi Özbekistonning bunyodkorlik, taraqqiyot va yangilaniş ruhi tobora yaqqol namoyon bölayotgani ta’kidlandi. Viloyatning boy tarixi va an’analarini asrab-avaylagan holda uni zamonaviy, obod va farovon hududga aylantiriş yölidagi işlar izçil davom ettirilişi qayd etildi.

Prezident uşbu majmualardan samarali foydalaniş, Xivada yirik xalqaro tadbirlarni köpaytiriş, sayyohlarga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşiriş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça körsatmalar berdi.