Özbekistonda “10 ming korxona uçun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boşlanadi. Dastur doirasida korxonalarga sun’iy intellekt joriy qiliş xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uçraşuvda e’lon qildi.

Qayd etilişiça, Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazida birinçi superkompyuter klasteri işga tuşirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oşiriladi. Yangi mahsulot uçun sun’iy intellekt modelini yaratişda uşbu superkompyuterdan bepul foydalaniş imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham byudjetdan qoplanadi.

Bundan taşqari, tadbirkorlar foydalanişi uçun tayyor sun’iy intellekt dasturlari oçiq platformaga joylaştiriladi. Dasturning birinçi bosqiçiga kamida 100 million dollar ajratiladi.

Töqimaçilikdagi tajriba elektrotexnika, quriliş materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Uşbu korxonalarda avtomatlaşgan boşqaruv tizimlarini joriy etiş xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.