Falcon 9 raketasining yuqori qismi Oy yuzasi bilan 2026-yil 5-avgustda töqnaşgan. U ötgan yilning yanvar oyida uçirilgan bölib, Oyga eksperimental uskunalar va kiçik apparat örnatilgan ikkita qöniş modulini yetkazgan edi. Raketaning yuqori qismi orbitada qolgan, biroq ertami-keçmi Oy yuzasiga urilişi muqarrar edi. Ammo uning hozirgi qulaşi rejalaştirilmagan edi.

Uşbu zarba oqibatida Oy yuzasida krater paydo böldi. Uni halokatdan bir hafta ötgaç suratga olişga muvaffaq bölişdi: suratlar 11 va 12-avgust kunlari olingan. Muammo şunda ediki, suratlarni olgan Lunar Reconnaissance Orbiter kosmik apparati öz orbitasi böylab harakatlanadi va olimlar hisoblab çiqqan bölaklarning tuşiş nuqtasiga töğri kelişini kutişi kerak edi.

Kraterga birinçi bölib Janubiy Koreyaning Danuri nomli Oy orbital apparati yetib bordi. Biroq uning suratlari NASA suratlari kabi tiniq emasdi.

Yangi kraterning diametri 18 metrdan biroz kattaroq, çuqurligi esa taxminan uç metrni taşkil etadi. Kraterdan taralayotgan oçroq çiziqlar - bu çuqurroq qatlamlardan otilib çiqqan yangi toşlar va tuproqdir.

NBC News ta’kidlaşiça, Falcon 9 raketasining qulaşi raketa qismlarining Oy yuzasi bilan tasodifan töqnaşuviga oid ikkinçi ma’lum hodisadir. Bundan avval, 2022-yilda Xitoy raketasining yuqori qismi deb taxmin qilingan parça Oyning teskari tomoniga urilgan edi. Xitoy uşbu hodisaga aloqadorligini inkor etmoqda.

Raketaning qulaşi nazoratsiz bölgan va OAV e’tirof etişiça, bu koinotdagi xavfsizlik masalasini kun tartibiga qöyadi. Bunday kosmik çiqindilar Oy va boşqa missiyalar uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.