Oliy martabali mehmonlarga uşbu noyob obidalarning tarixi, meʼmoriy xususiyatlari hamda Şarqda ilm-fan, madaniyat va şaharsozlik rivojidagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taşrif Ismoil Somoniy tomonidan barpo etilgan Somoniylar maqbarasidan boşlandi. Uşbu obida 1993-yilda YUNESKO Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
Şundan söng yetakçilar köp asrlar davomida Buxoroning siyosiy va maʼmuriy markazi bölib kelgan qadimiy Ark qalʼasiga taşrif buyurdi. Arxeologik va tarixiy maʼlumotlarga köra, qalʼa uzoq davr mobaynida şakllanib kelgan va yaqin ötmişdan boşlab Buxoro hukmdorlarining qarorgohi vazifasini bajargan. Bugungi kunda Ark şaharning eng maşhur obidalaridan biri va Buxoro tarixiy markazining muhim qismi hisoblanadi.

Poyi Kalon majmuasi – Markaziy Osiyoning eng salobatli meʼmoriy majmualaridan biri. 1127-yilda bunyod etilgan maşhur Kalon minorasi majmuaning eng eʼtiborli inşooti bölib, asrlar davomida nafaqat Buxoro meʼmorçiligi namunasi, balki şaharning haqiqiy «taşrif qoğozi» bölib xizmat qilib kelmoqda.
Ansambl tarkibiga XVI asr boşlariga oid Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi ham kiradi. Uşbu majmua haqli ravişda Şayboniylar davridagi tarixiy Buxoroning durdonalaridan biri hisoblanadi.



Oliy martabali mehmonlarda Labi Hovuz majmuasi ham katta taassurot qoldirdi. U qadimiy hovuz atrofida qurilgan va eski Buxorodagi eng maşhur jamoat maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda Kökaldoş madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohi joylaşgan. Şaharning uşbu göşasi asrlar davomida aholi, sayyohlar va ilm ahlini öziga jalb qiluvçi maskan bölib kelgan hamda örta asrlardagi Buxoroning betakror muhitini bugungi kungaça saqlab qolgan.

Taşrif davomida xalq hunarmandçiligi namunalari hamda tarixiy obidalarga tuşirilgan badiiy bezaklarning xususiyatlari ham namoyiş etildi. Ozarboyjonlik mehmonlarga Buxoroning Buyuk Ipak yölidagi islom sivilizatsiyasining eng yirik ilm-fan, taʼlim va savdo markazlaridan biri sifatidagi köp asrlik tarixi haqida sözlab berildi.












