Zaporijjya viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Ivan Fedorovning maʼlum qilişiça, 25-avgust erta tongda Zaporijjyaga boşqariladigan aviabombalar bilan zarba berilgan. Oqibatda ikki kişi halok bölgan.
Hujum natijasida avtomobil yölining qatnov qismiga zarar yetgan va oçiq hududda yonğin çiqqan.
Bundan avval, 24-avgust keçqurun şaharga dronlar bilan zarba berilgan. Hujum oqibatida köp qavatli uy zarar körgan va xonadonlardan birida yonğin çiqqan.
Xarkovda esa raketa zarbasi oqibatida bir kişi halok bölgan. Şahar meri Igor Terexovga köra, zarba Xarkiv janubidagi Osnovyanskiy tumani sanoat hududiga berilgan.
Şuningdek, Xarkivning Kiyevskiy tumaniga ham uçuvçisiz qurilmalar bilan hujum qilingani maʼlum qilindi.
Kiyevning Goloseyevskiy tumanida dron parçalarining 16 qavatli turar joy binosiga tuşişi oqibatida devorlar zarar körgan va derazalar singan. Şahar meri Vitaliy Kliçkoning maʼlum qilişiça, bir ayol jabrlangan.
Dnepr şahrida ham zarbalar qayd etilgan. Ukraina OAVning dastlabki maʼlumotlariga köra, yirik «Karavan» savdo-köngiloçar markazi yaqinida zarba tuşgan va yonğin çiqqan.
Çernixiv viloyatining Koryukovskiy tumanida esa korxonalardan biri hujumga uçragan. Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlumotlariga köra, natijada 3 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda yonğin yuzaga kelgan.
Yöl va örmon xöjaligi obyektlari, şuningdek, xususiy korxonalar hududida ham yonğinlar qayd etilgan. Ular öçirilgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan.
Moldova çegarasidagi nazorat punktiga zarba
Ukraina Davlat çegara xizmati Moldova bilan çegaradagi nazorat-ötkaziş punktlaridan biriga yana hujum qilinganini maʼlum qildi.
Xabarga köra, Shahed dronlari «Vinogradovka» avtomobil nazorat-ötkaziş punktiga zarba bergan. Oqibatda u yerda yonğin çiqqan va punkt faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Fuqarolar boşqa nazorat-ötkaziş punktlariga yönaltirilişi aytilgan.
Qizil Xoçning gumanitar ombori ham zarar kördi
24-avgust keçqurun Qizil Xoç matbuot xizmati Xersondagi taşkilot omboriga Rossiya dronlari bilan hujum qilinganini bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, zarba va undan keyingi yonğin oqibatida qariyb 28 million grivnalik gumanitar zaxiralar yöq qilingan.
Omborda kuz-qiş mavsumi uçun tayyorlangan zaxiralar, tibbiy materiallar, körpalar, gigiyena töplamlari, suv va elektr energiyasi taʼminoti uçun uskunalar hamda boşqa gumanitar yordam vositalari saqlangan.
Ukraina: Rossiya 150 ta dron bilan hujum qildi
Ukraina Harbiy-havo kuçlari maʼlumotlariga köra, 25-avgustga ötar keçasi Rossiya Ukraina hududiga «Iskander-M» ballistik raketasi, X-31P boşqariladigan aviatsiya raketasi hamda 150 ta zarba beruvçi va boşqa turdagi uçuvçisiz qurilmalarni uçirgan.
Ular orasida Shahed, şu jumladan reaktiv turdagi dronlar, «Gerbera» va nişonni çalğitişga möljallangan boşqa uçuvçisiz qurilmalar bölgani aytilmoqda.
Ukraina tomonining bildirişiça, havo mudofaa kuçlari mamlakat şimoli, janubi va şarqida 124 ta Shahed, «Gerbera» va boşqa turdagi dronlarni urib tuşirgan yoki radioelektron vositalar bilan bostirgan.
Havo hujumi vositalarining 17 ta nuqtaga zarba berişi, urib tuşirilgan qurilmalar parçalarining esa yana 7 ta joyga tuşişi qayd etilgan.
Rossiya tomoni hozirça maqolada keltirilgan uşbu zarbalar va ularning oqibatlari yuzasidan alohida izoh bergani haqida maʼlumot keltirilmagan.













