Bu haqda Bloomberg 26-avgust kuni Kremlga yaqin manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşlarining aytişiça, Moskva ayni paytda Kiyevga, jumladan, şaharning markaziy hududlariga yadroviy kallak bilan jihozlanmagan ballistik raketalar orqali yanada faol zarbalar beriş imkoniyatlarini örganmoqda.

Rossiya qöşinlarining boşqa ehtimoliy nişonlari sifatida Ukraina şaharlaridagi infratuzilma obyektlari ham körib çiqilayotgani aytilgan.

Manbalar fikriça, Rossiya iqtisodiyotiga nisbatan sanksiyalar bosimining kuçayişi, şuningdek, Ukrainaning Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari va logistika markazlariga hujumlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uruşni tugatişga majbur qilmaydi.

Bloomberg manbalariga köra, Moskva Ukraina zarbalarini tobora köproq NATO davlatlarining hujumlari sifatida qabul qilmoqda. Bunga alyans aʼzolari Kiyevni qurol-yaroğ va razvedka maʼlumotlari bilan taʼminlayotgani sabab qilib körsatilgan.

«Harbiy harakatlarning hozirgi şakli hali eskalatsiyaning eng yuqori nuqtasi emas», deya agentlik öz manbalarining fikrini keltirgan.

25-avgust kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi - MRB direktori Jon Retkliff Moskvaga taşrif buyurgan. Uning Rossiya tomoni bilan muzokaralarida muhokama qilingan asosiy masalalar hozirça oçiqlanmagan.

Bloomberg eslatişiça, sakkiz oylik tanaffusdan keyin AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner yana Moskvaga borişi, şuningdek, ilk bor Kiyevga taşrif buyurişi mumkinligi kutilgan. Biroq bu taşriflarning sanasi hozirça eʼlon qilinmagan.

Kremlga yaqin tört manbaning agentlikka aytişiça, diplomatik saʼy-harakatlarda sezilarli natija bölmayotgani sababli Moskva öz maqsadlariga erişiş vositasi sifatida keyingi eskalatsiyaga muqobil yöl körmayapti.

Rossiya tomoni Uitkoff va Kuşner Moskvaga tinçlik şartlari böyiça yangi takliflar olib kelişidan umid qilmoqda. Biroq manbalar muzokaralarda jiddiy buriliş yuz berişiga umid juda past ekanini bildirgan.

Ularning taʼkidlaşiça, Moskva nuqtai nazaridan Rossiya allaqaçon bir qator murosalarga borgan va keyingi har qanday yon beriş uning muzokaralardagi pozitsiyasini zaiflaştiradi. Rossiyada Putin va Trampning Ankorijdagi uçraşuvi natijasi ham amalga oşmagan murosalardan biri sifatida baholanayotgani aytilgan.

Bloomberg maqolasida taktik yadroviy quroldan foydalaniş ehtimoliga ham töxtalgan.

Agentlik maʼlumotiga köra, ayrim rossiyalik amaldorlar Rossiya va Ukrainaning bir-birining logistika obyektlariga, şuningdek, Qora dengizdagi portlar va kemalarga zarbalari davom etişi oxir-oqibat Putinni taktik yadroviy qurolni sönggi çora sifatida qöllaş masalasini körib çiqişga undaşi mumkinligini istisno etmayapti.

Bloomberğning yozişiça, sönggi vaqtlarda Moskvadagi keskin çoralar tarafdorlari bunday qadamni tobora köproq taklif qilmoqda.

Şu bilan birga, ekspertlar Rossiya tomonidan taktik yadroviy qurol qöllanişi ehtimolini juda past deb baholamoqda.

Berlindagi Karnegi Rossiya va Yevrosiyo markazi rahbari Aleksandr Gabuyev fikriça, zamonaviy jangovar maydonda taktik yadroviy qurolning harbiy samaradorligi çeklangan, yadroviy qurol qöllaş bilan boğliq siyosiy oqibatlar esa juda jiddiy böladi.

Ekspertning taʼkidlaşiça, Moskva oddiy qurollar yordamida, jumladan, raketali zarbalarni kuçaytiriş orqali mojaroni eskalatsiya qiliş imkoniyatlariga ega ekan, yadroviy quroldan foydalaniş çegarasidan ötiş uçun deyarli heç qanday sabab yöq.

Şu bois, Bloomberg keltirgan ekspertlar bahosiga köra, Rossiya tomonidan taktik yadroviy qurol qöllanişi xavfi hozirça öta pastligiça qolmoqda.