​Tadbirda 30 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, jurnalistlar va avto blogerlar iştirok etdi. Mehmonlar har ikki modelni sinovdan ötkazib, ular uçun taşkil etilgan avtomobil boşqariş musobaqasida qatnaşdi. Eng yaxşi natijalarni körsatgan iştirokçilar Geely tomonidan maxsus sovğalar bilan taqdirlandi.

​236 600 000 sömdan taklif etilayotgan Geely EX2 asosan şahar şaroitida foydalaniş uçun möljallangan ixçam elektromobildir. Uning ixçam ölçamlari, yengil boşqarilişi va 4,95 metrlik buriliş radiusi tor köçalar, tirband yöllar va çeklangan avtoturargohlarda harakatlanişni ança osonlaştiradi. Taşqi ölçamlari ixçam bölişiga qaramay, puxta rejalaştirilgan salon haydovçi va yölovçilar uçun yetarli joy taqdim etadi. Uşbu xususiyatlar EX2’ni kundalik şahar qatnovlari uçun qulay va tejamkor yeçimga aylantiradi.

246 500 000 sömdan taklif etilayotgan Geely Emgrand esa keng va qulay oilaviy sedan izlayotgan insonlar uçun möljallangan. Modelning asosiy ustunliklaridan biri - keng salon, ayniqsa uç nafar katta yoşli yölovçi bemalol joylaşa oladigan orqa örindiqlar qatoridir. 1,5 litrli benzin dvigateli va 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi kundalik foydalanişda qulay va ravon boşqaruvni taʼminlaydi.

​Turli segmentlarga mansub bölişiga qaramay, har ikki model ham amaliylik, qulaylik, zamonaviy texnologiyalar va maqbul narxni özida birlaştiradi. Geely Emgrand va Geely EX2 modellarini amaldagi moliyaviy dasturlar doirasida 0% yillik ustama asosida bölib tölaş orqali xarid qiliş imkoniyati mavjud. Boşlanğiç tölov, tölov muddati va oylik tölovlar böyiça batafsil şartlar Geely’ning rasmiy dilerlik markazlari yoki 1879 raqamli Call Center orqali oliş mumkin.

​Geely Emgrand va Geely EX2 Özbekistondagi barça rasmiy Geely dilerlik markazlarida sotuvga çiqarilgan. Istalgan mijoz rasmiy dilerlik markaziga taşrif buyurib, avtomobillarni yaqindan körişi va test-drayv orqali ularning imkoniyatlarini şaxsan baholaşi mumkin.

​​Maʼlumot örnida şuni taʼkidlaş joizki, Geely brendiga 1986-yilda asos solingan va u 1997-yildan beri avtosanoatda muhim örinlardan birini egallab kelmoqda. Geely Holding tarkibiga Geely Auto (jumladan, Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kabi brendlar kiradi kiradi. Şuningdek, guruh öz portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatorida SMART va PROTON brendlari ham bor.

​Batafsil:

Vebsayt: geelyauto.uz

Instagram: @geelyuzbekistan

Telegram: @geelyuz_official

Reklama huquqi asosida