Xitoyda Monjaro nomi bilan maşhur bölgan yangi Geely Xingyee L Plus avtomobilining ilk suratlari namoyiş qilindi. Avtomobil kattalaşgan, biroq öziga xos dizayn xususiyatlarini saqlab qolgan.
Xitoyning Sanoat va axborotlaştiriş vazirligi Yevropa bozorida Monjaro nomi bilan tanilgan Geely Xingyee L Plus krossoverining dastlabki suratlari va texnik ma’lumotlarini e’lon qildi.
Yangi modelning gabaritlari hozirgi versiyanikidan kattaroq: avtomobilning uzunligi 4955 mm (160 mm ga uzunroq), eni - 1960 mm, balandligi - 1769 mm.

Dizayn model qatorining öziga xos xususiyatlarini saqlab qolgan: old qismida vertikal xromlangan unsurlarga ega massiv radiator panjarasi, orqa qismida esa yukxona qopqoği böylab yaxlit çiroq çiziği bilan birlaştirilgan çözinçoq fonarlar közga taşlanadi. Ranglar palitrasida kuzovni ikki rangga böyaş opsiyasi ham paydo böladi - uning uslubi Mercedes-Maybach yeçimlarini yodga soladi.
Dvigatel ikki variantda taqdim etilgan:
- benzinli versiya - quvvati 290 ot kuçiga teng 2 litrli turbomotor;
- gibrid modifikatsiya - xuddi şu dvigatel, lekin 218 ot kuçi quvvatga ega.
Bazaviy komplektatsiyaga diametri 20 va 21 dyuymli ğildiraklar kiradi - xaridorlarda tanlaş imkoniyati böladi.
Modelning batafsil tavsiflari va sotuvlar boşlaniş sanasi rasmiy premyeraga yaqinroq ma’lum böladi.












