28-avgust kuni davlat rahbari Yangi Özbekiston boğidagi Mustaqillik monumentini ziyorat qildi.
Uşbu mahobatli majmuada xalqimizning köp asrlik tarixi, buyuk allomalar va jahongir ajdodlarimiz siymolari, şuningdek, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar öz ifodasini topgan.
Monument çöqqisidagi Humo quşi ozodlik va ezgulik ğoyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilişlarini ifoda etadi.
Vatan mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ötkazilgan marosimda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toşkent şahar jamoatçiligi vakillari iştirok etdi.












