2026-yil 30-avgust kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida maksimal havo harorati boʻyicha rekord koʻrsatkichlar qayd etildi.
Samarqand shahrida havo harorati 38 darajagacha koʻtarildi. Shu tariqa, 1937-yilning 30-avgustida qayd etilgan koʻrsatkich - 89 yillik rekord takrorlandi.
Sirdaryo viloyatida maksimal harorat 38,1 darajani tashkil etdi. Bu 2025-yilda shu sanada qayd etilgan koʻrsatkichga teng boʻldi.
Navoiy shahrida esa maksimal havo harorati 40,5 darajaga yetdi. Natijada 2010-yilning 30-avgustida qayd etilgan 38 darajalik avvalgi koʻrsatkich 2,5 darajaga yangilandi.
Buxoro shahrida ham harorat rekord darajaga yetdi. Bu yerda maksimal harorat 39,3 darajani tashkil etib, 1945-yilda qayd etilgan koʻrsatkich takrorlandi.



