Surxondaryo viloyatida umumiy uzunligi 111 kilometr bölgan Darband–Boysun–Elbayon avtomobil yölini quriş va taʼmirlaş loyihasining birinçi bosqiçi yakunlandi.
30-avgust kuni, Mustaqillik bayrami arafasida loyihaning 5–32,5 kilometrlik yöl qismi töliq qurib bitkazilib, foydalanişga topşirildi.
Viloyat hokimligi xabariga köra, birinçi bosqiç doirasida 7 ta köprik, tungi yoritiş tizimiga ega 8 kilometr piyodalar yölagi barpo etilgan.
Şu munosabat bilan loyihaning 7,1-kilometrida joylaşgan yöl ötkazgiçda tantanali tadbir ötkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, nuroniylar, faollar, mutasaddilar, loyiha pudratçilari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.



Qayd etilişiça, tantanali tadbir ötkazilgan köprikning uzunligi 60 metr, eni 15,7 metr, yer sathidan balandligi 9 metrni taşkil etadi.
Maʼlumot uçun, loyihani xalqaro pudratçi – “Lankaran Yol Tikinti” (Ozarboyjon) amalga oşirmoqda. Loyihaga Osiyo taraqqiyot banki mablağ ajratgan.
Eslatib ötamiz, Boysun–Denov yölini rekonstruksiya qiliş haqida prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryoga 2023-yil mart oyidagi taşrifida topşiriq bergan edi.
Öşanda davlat rahbari çuqurlarga töla bu yölning holatini şaxsan köriş uçun özi avtomobil













