BMW sunʼiy intellekt, boşqaruv lavozimlarini qisqartiriş va ikkita yangi modelni işlab çiqariş atrofida qurilgan qayta taşkil etiş rejasini taqdim etdi, deb xabar berdi Reuters kompaniyaga tayanib.
Agentlik taʼkidlaganidek, Yevropa avtomobil sanoati zaif talab, Xitoy işlab çiqaruvçilari tomonidan raqobat va Amerika bojlari bosimi ostida qolmoqda. Iyun oyida BMW Xitoydagi zaif körsatkiçlar tufayli foydaning pasayişi haqida uç yildan ortiq vaqt içida uçinçi ogohlantirişni eʼlon qildi, bu esa özining barqarorligi bilan tanilgan kompaniya obrösiga putur yetkazdi, deb yozdi Reuters.
Şu fonda BMW Germaniyada 8 mingga yaqin iş örniga taʼsir qilişi kutilayotgan qisqartiriş dasturini işga tuşirdi. Şu tariqa kompaniya xarajatlarni qisqartirayotgan Volkswagen va Mercedes-Benz safiga qöşildi. 2027-yil örtalariga qadar BMW bölinmalar va ular bilan boğliq boşqaruv lavozimlari sonini beşdan bir qismga kamaytirişni rejalaştirmoqda. Sunʼiy intellekt jarayonlarni maqbullaştiriş va qaror qabul qilişni tezlaştirişda asosiy vositaga aylanadi.
Bundan taşqari, BMW mahsulot strategiyasini asosiy bozorlarning turli tendensiyalariga moslaştiradi:
Yevropa - 2028-yildan boşlab boşlanğiç darajadagi hamyonbop elektromobilni işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilgan;
AQŞ - badavlat xaridorlar uçun yangi lyuks yöltanlamas işlab çiqiş;
Xitoy - işlab çiqarişni mahalliylaştirişni davom ettiriş va mahalliy hamkorlar bilan, şu jumladan avtonom haydaş texnologiyalari va integratsiyalaşgan dasturiy taʼminot masalalarida faolroq hamkorlik qiliş.
Şuningdek, Xitoydan Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlariga avtomobil eksport qiliş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.

















