7-noyabr kuni Polşaning Krakov şahri tarixiy qismida otişma röy berdi. Harbiy formada bölgan jinoyatçi uzun stvolli quroldan foydalangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u avtomobilda harakatlanib, yöl böyidagi odamlarga qarata öt oçganini köriş mumkin.

Uni töxtatiş uçun otişmaga kirişgan politsiyaçilardan ikki nafari ham jarohat olgan.

Sönggi maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida olti kişi halok bölib, 15 kişi yaralangan.

Krakov şahri meri Lukaş Gibala 11-noyabrga qadar motam eʼlon qildi.

Öt oçgan şaxs qölga oliş çoğida yaralangan va şifoxonaga yotqizilgan. Holati oğir deb baholanmoqda. Uning avtomobilidan yana bir qurol va öq-dorilar topilgan. Jinoyat motivlari nomaʼlum. Jinoyatçining şaxsi oçiqlanmayapti. Politsiyadagilar qölga olingan şaxs – Polşa fuqarosi ekanini maʼlum qilgan.

Jinoyatçi 24 yoşda bölgan. U hujumda foydalangan avtomobil 52 yoşli otasining nomida. Onet xabariga köra, otaning öqotar qurolga egalik qiliş uçun ruxsatnomasi hamda 11 ta quroli bor. Öğil ham, ota ham bungaça jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

Polşa boş vaziri Donald Tusk hodisani terakt deb bahoadi. Hukumat va politsiya hujum qilgan jinoyatçining şeriklari bölmagan, deb hisoblamoqda.