Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) 3-sentabr kuni Rossiyaga qarşi berilgan 879 ta individual şikoyatni körib çiqişni töxtatişga qaror qildi.

Strasburgda joylaşgan sud bu qarorni mavjud resurslarni taqsimlaş zarurati bilan izohlagan.

«Individual işlarni körib çiqiş uçun talab etiladigan katta hajmdagi sud resurslarini sarflaşni asosli deb hisoblab bölmaydi», - deyiladi sud bayonotida.

Körib çiqilişi töxtatilgan işlar orasida Rossiyada siyosiy muxolifat vakillari va faollarga munosabat, repressiv deb baholangan qonunçilik, şuningdek söz va yiğilişlar erkinligining çeklanişi bilan boğliq şikoyatlar bor.

Sud bayonotida YEIHS şunga öxşaş işlar böyiça öz pozitsiyasini avval ham yetarliça bildirgani qayd etilgan.

Rossiya 2022-yilda Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan keyin Yevropa Kengaşi aʼzoligidan çiqarilgan.

Şundan keyin ham YEIHS Rossiyaning taşkilotdan çiqarilişigaça bölgan davrda sodir bölgan voqealarga oid işlarni körib çiqişda davom etgan.

Ayni paytda Moskva YeIHSning öziga nisbatan çiqarilgan qarorlarini tan olmasligini bildirgan va belgilangan pul kompensatsiyalarini tölaşdan boş tortmoqda.

YEIHS maʼlumotiga köra, 879 ta işni körib çiqişni töxtatiş töğrisidagi qaror yakuniy hisoblanadi.

Biroq sud bu Rossiyaning xalqaro huquqiy javobgarligi bekor qilinganini anglatmasligini alohida taʼkidlagan.

Zarurat tuğilsa va tegişli holatlar yuzaga kelsa, ayrim işlar böyiça iş yuritiş qayta tiklanişi mumkin.

Şu bilan birga, Rossiyaning Ukraina va Gurjiston bilan boğliq uruşlariga oid işlar YEIHS tomonidan körib çiqilişda davom etadi.

Körib çiqilişi töxtatilgan işlar böyiça arizaçilardan biri Korrupsiyaga qarşi kuraş fondining sobiq direktori Ivan Jdanov bölgan.

U YEIHS qarorini tuşuniş bilan qabul qilganini bildirgan.

Jdanovning fikriça, YeIHSdagi jarayon tomonlarning özaro tortişuvi tamoyiliga asoslanadi. Agar tomonlardan biri eʼtirozlarini taqdim etmasa va sud qarorlarini bajarmasa, bunday şaroitda sudning samarali faoliyat yuritişi qiyinlaşadi.

2026-yil mart oyi oxirida YEIHS Rossiya hukumatini tanqid qilib kelgan tarixçi Yuriy Dmitriyev işi böyiça ham qaror qabul qilgan edi.

Dmitriyev tergov jarayonida bir yildan ortiq vaqt hibsda saqlangan.

Strasburg sudi Rossiya uning adolatli sud muhokamasiga bölgan huquqini buzgan, degan xulosaga kelgan.