Özbekiston Much Better Adventures xalqaro turistik platformasining Solo Travel Index 2026 reytingida mustaqil sayohatçilar uçun eng yaxşi beşta yönaliş qatoridan örin oldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi Kyiv Diplomatic jurnaliga tayanib xabar berdi.
Reytingni tuzişda mutaxassislar 26 ta mamlakatni bir qator mezonlar böyiça baholagan. Ular orasida turlarni bron qiliş tendensiyalari, sayyohlarning şarhlari, xavfsizlik darajasi, viza tartibi va ovqatlaniş xarajatlari bor.
Natijada Özbekiston Italiya, Yaponiya va Portugaliya kabi maşhur turistik davlatlar bilan bir qatordan joy olgan.
Reyting mualliflari AQŞ fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilganidan keyin amerikalik sayyohlarning Özbekistonga qiziqişi ortganini ham qayd etgan.
Mamlakatning asosiy turistik ustunliklari sifatida boy tarixiy va madaniy meros, rang-barang tabiat hamda rivojlanayotgan sayyohlik infratuzilmasi körsatilgan.
Xususan, yolğiz sayohat qiluvçilarga Nurota toğlaridagi piyoda yönalişlar böylab sayohat qiliş, anʼanaviy ötovlarda tunab qoliş, Qizilqum çöli orqali Aydarkölga boriş tavsiya etilgan.
Şuningdek, Buyuk ipak yöli tarixi bilan boğliq Samarqand, Buxoro va boşqa qadimiy şaharlarning meʼmoriy va madaniy merosi alohida eʼtirof etilgan.
Özbekiston sayohat xarajatlarining nisbatan hamyonbopligi bilan ham ajralib turadi. Mamlakat avvalroq Condé Nast Traveler talqini böyiça eng arzon turistik yönalişlar röyxatiga ham kiritilgan edi.












