Prezident Şavkat Mirziyoyev Koreya prezidenti Li Çje Myonning taklifiga binoan 13-16 sentabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.

Özbekiston rahbari Seul şahrida Li Çje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya spikeri Ço Çjon Şik, boş vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.

Özbekiston bilan Koreya örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va kengaytiriş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida kooperatsiyani çuqurlaştiriş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş masalalari körib çiqiladi.

Şavkat Mirziyoyev birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham iştirok etadi. Unda savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan, texnologiyalar va boşqa köplab sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunlari böyiça Seul deklaratsiyasi qabul qilinişi rejalaştirilgan.