Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinköl tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda fuqaro M.A. boşqa bir fuqaro Q.M.ga uning savdo dökonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati böyiça yuzaga kelgan 400 mln sömlik qarzdorlikni kamaytirib berişni vaʼda qilgan.

M.A. bu masalani «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Andijon viloyati filialida işlovçi tanişlari orqali hal qilib berişini aytgan. Buning evaziga u 3 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida M.A. 3 ming dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.