17-sentabr kuni Samarqandda Butunjahon şaxmat Olimpiadasining 2-tur bahslari ötkazildi.

Özbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi yana zafar quçib, Peru ustidan 3,5:0,5 hisobida ğalaba qozondi.

Birinçi taxtada Nodirbek Abdusattorov Peruning eng kuçli şaxmatçisi Xorxe Korini mağlub etdi. Javohir Sindarov oq donalar bilan öynab, Diyego Saul Kilyasni yengdi. Şamsiddin Vohidov Stiven Roxasni mağlubiyatga uçratdi. Muhiddin Madaminov esa Fernando Fernandes bilan durang öynadi.

Musobaqada favorit sanalayotgan AQŞ terma jamoasi ikkinçi turda Möğulistonni 2,5:1,5 hisobida qiyinçilik bilan mağlub etdi. Hindiston xuddi şunday hisobda Indoneziya şaxmatçilarini doğda qoldirdi. Xitoy şaxmatçilari Çilini 3:1 hisobida yengdi.

Özbekiston-2 terma jamoasi Jazoirni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov, Ortiq Nigmatov va Humoyun Begmuratov uşbu ğalabaga hissa qöşdi.

Özbekiston-3 terma jamoasi Germaniyaga 0,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Özbekiston ayollar terma jamoasi Ekvadorni 4:0 hisobida tor-mor etdi.

Nilufarxon Imomqöziyeva, Gulruhbegim Tohirjonova, Guldona Karimova va Umida Omonova raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.

photo_2026-09-17_22-35-22
Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi / Gulruhbegim Tohirjonova

Özbekiston-2 ayollar jamoasi Iordaniyani 3,5:0,5 hisobida işonçli tarzda mağlub etdi. Özbekiston-3 ayollar jamoasi Ispaniyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

3-tur öyinlari 18-sentabr kuni ötkaziladi.

46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqandda 27-sentabrgaça davom etadi.