DM Paper korxonasi – Özbekistondagi gipsokarton uçun qoplama qoğoz işlab çiqaruvçi eng yirik mahalliy işlab çiqaruvçi - Toşkent viloyati Angren şahrida özining ikkinçi zavodining qurilişini boşladi. Loyihaga start beriş marosimida Angren şahri hokimi, investor vakillari, xalqaro texnologik hamkorlar va Xitoy loyihaçi jamoasi iştirok etdi.
Yangi zavod sutkasiga 250 tonna qoplama qoğoz işlab çiqarişga möljallangan, bu Samarqanddagi amaldagi zavoddan 2,5 barobar köp. 2027-yilda yangi işlab çiqariş işga tuşirilgaç, DM Paper sutkasiga 350 tonna qoğoz yetkazib beradi, bu butun Markaziy Osiyo gipsokarton qoğozi bozorining yillik isteʼmoliga tenglaşadigan hajm.

Tört yillik yetakçilik
DM Paper zavodi Samarqandda 2022-yilda işga tuşirilgan va şu vaqtdan buyon Markaziy Osiyodagi sohaning texnologik mezoniga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda korxona:
▪ kunlik 100 tonnagaça gipsokarton uçun qoplama qoğoz işlab çiqaradi;
▪ 150 xodimni iş bilan taʼminlagan;
▪ öz sifat nazorati laboratoriyasiga ega;
▪ xalqaro texnologik jamoa rahbarligida işlaydi;
▪ uçta xalqaro standart böyiça sertifikatlangan: ISO 9001 (sifat menejmenti), ISO 14001 (ekologik menejment) va ISO 45001 (mehnat muhofazasi va işlab çiqariş xavfsizligi).

Tört yillik uzluksiz faoliyat davomida DM Paper sohada yetakçi mavqeni egalladi. Öşa davrda gipsokarton qoplama qoğozining mahalliy işlab çiqaruvçisi bölmaganligi sababli Özbekistonga çetdan import qilingan bölsa, hozirda korxona mahsulotlari Özbekistondagi eng yirik gipsokarton işlab çiqaruvçilariga yetkazib beriladi. Undan taşqari Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya, Ozarbayjon va boşqa yönalişlarga eksport qilinadi. Bu esa valyuta oqimini çetga çiqişini kamaytirib, aksinça Özbekiston iqtisodiyotiga valyuta kirimini oşirdi.










