Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlar bilan uzoq muddatli uçraşuvlar, masofaviy videomuloqot va telefon orqali suhbatlaşiş uçun yangi tariflar joriy etilişi közda tutilgan qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Qaror ilovasida keltirilgan nizom loyihasiga köra, yangi tariflar tölov amalga oşirilgan kunda amalda bölgan bazaviy hisoblaş miqdoridan kelib çiqib hisoblanadi.

Uzoq muddatli uçraşuv xonasidan foydalanganlik uçun bir sutkaga quyidagi miqdorlarda tölov undiriladi:

ikki kişilik xona uçun – BHMning 20 foizi;

uç kişilik xona uçun – BHMning 25 foizi;

tört kişilik xona uçun – BHMning 30 foizi.

Amaldagi tariflarda bu miqdor 2 kişilik xona uçun BHMning 5 foizi, 3 kişilik xona uçun - 10 foizi, 4 kişilik xona uçun 15 fozini taşkil etadi.

Uzoq muddatli uçraşuv xonasidan bir sutkadan kam muddat foydalanilgan taqdirda ham tölov bir sutka uçun belgilangan tarif miqdorida amalga oşiriladi.

Masofali videouçraşuv va telefon sözlaşuvlaridan foydalanganlik uçun har bir daqiqaga quyidagi miqdorlarda tölov belgilanadi:

masofali videouçraşuv uçun – BHMning 0,5 foizi;

telefon sözlaşuvi uçun – BHMning 0,1 foizi;

Masofali videouçraşuv va telefon sözlaşuvlaridan amalda foydalanilgan vaqt “Qalʼa” markazlaşgan axborot tizimi orqali avtomatik ravişda qayd etiladi. Töliq bölmagan daqiqa uçun tölov amalda foydalanilgan vaqtga mutanosib ravişda hisoblanadi.

Uzoq muddatli uçraşuv xonasidan foydalaniş uçun tölov uçraşuv boşlanguniga qadar tölovçi tomonidan naqd pulsiz şaklda, şu jumladan bank kartalari, elektron tölov tizimlari yoki qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa tölov vositalari orqali amalga oşiriladi. Muassasa xodimlari tomonidan naqd pul mablağlarini qabul qilişga yöl qöyilmaydi.

Masofali videouçraşuv va telefon sözlaşuvlarini taşkil etişdan tuşgan mablağlar bunday aloqani taʼminlovçi qurilmalar, serverlar, tarmoq va telekommunikatsiya uskunalari hamda boşqa texnik vositalarni soz holatda saqlaş va ularga texnik xizmat körsatişga, aloqa tizimi, maʼlumotlarni uzatiş tarmoqlari va himoyalangan aloqa kanallaridan foydalaniş bilan boğliq xarajatlarni qoplaşga, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlaş, şu jumladan axborotni himoya qiliş vositalarini xarid qiliş, joriy etiş va yangilaşga sarflanadi.