Özbekiston energetika tizimidagi yirik infratuzilmaviy loyihalardan biri - yangi 500 kVli «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi.

Maʼlumot berilişiça, mamlakatdagi eng yirik va zamonaviy yuqori kuçlanişli obyektlardan biri bölgan mazkur podstansiya 1602 MVA quvvatga ega. Uning işga tuşirilişi Toşkent şahri va Toşkent viloyatining bir qismida elektr energiyasi taʼminotini yanada mustahkamlaş, şuningdek, mavjud elektr tarmoqlariga tuşayotgan yuklamani maqbul taqsimlaş imkonini beradi.

Yangi podstansiyaning işga tuşirilişi natijasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Natijada Toşkent issiqlik elektr stansiyasiga tuşadigan yuklama kamayib, stansiyada mazut yoqilğisidan foydalanişga ehtiyoj qolmaydi.

Umumiy qiymati 171,4 mln AQŞ dollarini taşkil etgan mazkur investitsiya loyihasi Jahon banki iştirokida amalga oşirildi. Loyiha doirasida 1602 MVA quvvatli «Halqa» podstansiyasi bilan birga 220 kVli 213 km va 500 kVli 72 km yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari barpo etildi.

Ayni paytda yangi obyektlarni yagona energetika tizimiga töliq integratsiya qiliş böyiça yakuniy işlar davom etmoqda.