Andijon viloyati bojxona boşqarmasining «Döstlik» çegara bojxona postida qöşni davlatdan Özbekistonga kirib kelgan, xorijiy davlat fuqarosi boşqaruvidagi avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi.
Körik davomida bojxona xodimining oğzaki sörovida maʼlum qilinmagan hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, avtomobil old çap eşigi va orqa yukxona eşigi oraliğidagi böşliqlarga avvaldan yaşirib joylaştirilgan ampula körinişidagi dori vositalari borligi aniqlandi.
Jami 350 dona ampula körinişidagi dori vositalarining uç turi tarkibida Özbekistonda kuçli taʼsir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan «drostanolon», «trenbolon» va «nandrolon» moddalari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli tartibda suriştiruv işlari olib borilmoqda.








