Samarqandda Butunjahon şaxmat olimpiadasi davom etmoqda. 18-sentabr kuni uçinçi tur bahslari ötkazildi.

Özbekiston termalari törtta ğalabaga erişdi va ikki marta yutqazdi.

Erkaklar örtasida Özbekistonning asosiy jamoasi Avstriya termasi ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov Kirill Alekseyenko bilan, Nodirbek Yoqubboyev esa Lukas Dotser bilan durang öynadi. Javohir Sindarov Feliks Bloxbergerni, Muhiddin Madaminov esa Konstantin Peyrerni mağlub etdi.

Musobaqa favoriti sanalayotgan AQŞ terma jamoasi Daniyani 2,5:1,5 hisobida mağlub etdi. Ğoliblikka daʼvogarlardan biri Hindiston terma jamoasi Italiyani 3:1 hisobida yengdi. Xitoy esa Bolgariyani 3,5:0,5 hisobida doğda qoldirdi.

Özbekiston-2 jamoasi Germaniyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Özbekiston-3 esa Marokaş şaxmatçilarini işonçli - 3,5:0,5 hisobida yengdi.

photo_2026-09-19_00-00-53
Özbekiston erkaklar terma jamoasi 3 turdan keyin 4-örinda boryapti

Ayollar bahsida ham Özbekistonning asosiy terma jamoasi turnirni ğalaba bilan davom ettirdi. Özbekiston-1 Indoneziyani 3:1 hisobida mağlub qildi. Afruza Hamdamova va Gulruxbegim Tohirjonova öz partiyasini durang bilan yakunlagan bölsa, Umida Omonova hamda Nilufar Imomqöziyeva raqiblarini mağlub etdi.

Ikkinçi ayollar terma jamoasi Ispaniyaga 1:3 hisobida yutqazdi. Özbekiston-3 esa Saudiya Arabistoni ustidan 4:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi.

photo_2026-09-19_00-01-04
Özbekiston ayollar terma jamoasi 3 turdan keyin 5-örinda boryapti

Eslatib ötamiz, Özbekiston musobaqa mezboni sifatida erkaklar va ayollar turnirida uçtadan jamoa bilan qatnaşmoqda.

4-tur öyinlari 19-sentabr kuni ötkaziladi.

46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqandda 27-sentabrgaça davom etadi.