Sayohat Kuala-Lumpurdan boşlanadi
Taşrif buyuruvçilar mamlakat poytaxtida mehmondöstlik bilan kutib olinadi. Sayohatning birinçi keçasi Kuala-Lumpurda ötkaziladi. Şaharda zamonaviy arxitektura, boy madaniy meros va turli madaniyatlar uyğunligini köriş mumkin. Mehmonlarning mahalliy taomlarni tatib körişi, şahar muhiti bilan tanişişi va maşhur maskanlarga borişi uçun vaqt ajratiladi. Jumladan, oilaviy sayohat davomida KLCC majmuasi va uning atrofidagi şahar manzaralarini tomoşa qiliş, bolalar bilan vaqt ötkaziş mumkin.

Port-Klangdan 4 kunlik kruiz
Keyingi manzil - Port-Klang. Bu yerdan sayyohlar Adora Mediterranea kruiz kemasiga çiqadi. 4 kun va 3 keçalik kruiz davomida marşrut Malayziyaning ikki maşhur Pinang va Langkavi orollarini qamrab oladi.

Pinangda sayyohlar rang-barang köçalar böylab sayr qilişi, orolning tarixiy va madaniy merosi bilan tanişişi hamda mahalliy taomlardan tatib körişi mumkin.
Keyingi manzil - Langkavi. Orol tropik tabiati, yam-yaşil manzaralari, sohillari va dengiz suvlari bilan tanişiş uçun imkoniyat yaratadi. Bu yerda sayohatning yana bir qismi tabiat qöynida dam olişga bağişlanadi.

Yuklarni qayta-qayta yiğiş şart emas
Kruizning asosiy qulayliklaridan biri sayohat davomida joylaşiş va taomlaniş xizmatlari kemaning özida taşkil etilişidir. Paket doirasida kruiz davomida töliq taomlaniş közda tutilgan. Şuningdek, sayohatçilar bir mehmonxonadan boşqasiga köçiş yoki yuklarini qayta-qayta yiğişga ehtiyoj sezmaydi.

Kema harakatlanar ekan, sayyohlar dam olişi, turli faoliyatlarda iştirok etişi va navbatdagi manzilga yetib borişi mumkin. Şunday qilib, sayohatning asosiy eʼtibori transport va joylaşiş masalalariga emas, yangi joylarni köriş, oila bilan vaqt ötkaziş va taassurotlarga qaratiladi.






