“Dunyo şaxmat osmonida yorqin yulduz bölib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon şaxmat olimpiadasida erişgan tarixiy ğalabangiz bilan çin qalbimdan tabriklayman.

Ikki karra olimpiada çempioni degan yuksak şarafli unvon, buyuk zafar barçamizga, köpmillatli xalqimizga muborak bölsin!

Mana şu ğoyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuçli va maşhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar iştirok etgan murosasiz bellaşuvlarda körsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uçun butun el-yurtimiz, dunyo şaxmat jamoatçiligi sizlarga tasannolar aytmoqda.

Sizlar – Yangi Özbekiston qahramonlari, jahon şaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan çeksiz faxrlanadi, ğururlanadi”, deyiladi tabrikda.

Prezident tabrigida Özbekiston şaxmatçilari amaldagi Olimpiada çempioni – Hindiston, qadimiy şaxmat maktabi va köplab grossmeysterlarga ega bölgan Xitoy, dunyo reytingida birinçi örinni egallab kelayotgan, olti karra Olimpiada çempioni bölgan AQŞ jamoalaridan ustun kelgani eʼtirof etilgan.

Samarqand olimpiadasida Özbekiston paraşaxmatçilari bunday öyinlar tarixida birinçi marta bronza medalini qölga kiritişgani ham alohida taʼkidlangan.

“El-yurtimiz barça şaxmatçilarimiz timsolida kuçli bilim va iroda sohiblarini, katta-katta marralarni zabt etişga qodir bölgan Yangi Özbekiston yoşlarini köradi.

Heç şubhasiz, bu yuksak ğalaba barçamizga yangi kuç-ğayrat, ruh va ilhom bağişlaydi, yoş avlodimiz uçun çinakam ibrat namunasi bölib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda şaxmat rivojiga berilayotgan doimiy eʼtibor, yölga qöyilgan samarali tizim va qulay şaroitlar sizlar erişgan natijalarni taʼminlaşda muhim omil böldi. Yaqinda bu borada yana bir Prezident qarorini qabul qildik. Uşbu hujjat yaqin kelajakda yanada ulkan natijalar uçun, albatta, mustahkam zamin yaratadi.

Barçamizning umumiy ğalabamiz uç ming yillik boy tarix va madaniyat ovozi kelib turgan, XIV-XV asrlarda Ikkinçi Renessans markazlaridan biri bölgan bu buyuk şaharda qölga kiritilgani uning qadr-qimmatini yanada oşirmoqda”, deyiladi tabrikda.

Şuningdek, prezident öz tabrigida şu yil noyabr oyida jahon toji uçun böladigan bellaşuvda Javohir Sindorovning ğalaba qozonişiga umid va işonç bildirgan.

Samarqandda bölib ötgan şaxmat Olimpiadasida Özbekiston erkaklar terma jamoasi 11 turda 22 imkoniyatdan 20 oçko jamğardi va birinçi örinni egalladi. Hindiston (18) ikkinçi, Germaniya (18) uçinçi böldi.

Bu – Özbekiston uçun ikkinçi olimpiada çempionligi bölmoqda. Bundan 4 yil oldin, 2022-yil Hindistonning Çennai şahrida ötkazilgan olimpiadada ham Özbekiston vakillari birinçilikni qölga kiritgandi, şuningdek, 2024-yil Vengriyaning Buxarest şahrida ötkazilgan olimpiadada bronza medallari qölga kiritilgan.