DW xabariga köra, Putin bu haqda 1-oktabr kuni «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi majlisida gapirgan.

Uning sözlariga köra, Ukraina Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujum qiliş orqali mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazişni közlagan.

«Maqsadga erişdimi? Qisman», - degan Rossiya prezidenti.

Putin bunday zarbalar oqibatidagi yöqotişni Rossiya YaIMning taxminan 1 foizi deb baholagan.

U Moskva bunga javoban Ukraina iqtisodiyoti uçun muhim deb hisoblagan obyektlarga zarba berayotganini aytgan. Putin, jumladan, Ukraina metallurgiya tarmoği amalda işdan töxtaganini daʼvo qilgan. Uning iddaosiça, uşbu tarmoq qurol işlab çiqarişda ham qöllanadi.

Yirik zavodlarda işlab çiqariş qisqargan

Sönggi oylarda Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga uyuştirilgan zarbalar yonilği işlab çiqarişda uzilişlarga olib kelgan.

Reuters maʼlumotlariga köra, Rossiyadagi oltita yirik dizel işlab çiqaruvçi korxona mamlakatdagi uşbu yonilği işlab çiqarişining qariyb yarmini taʼminlagan. Biroq sentabr oyida ularning bir neçtasi işlab çiqarişni keskin qisqartirgan yoki butunlay töxtatgan.

Xususan, Kirişi neftni qayta işlaş zavodi faoliyatini töliq töxtatgan. Volgograd zavodi va NORSI korxonasi esa belgilangan quvvatining taxminan törtdan bir qismida işlagan.

Xalqaro energetika agentligi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga örtaça har uç kunda bir marta muvaffaqiyatli zarba berilgani qayd etilgan.

Dizel eksportiga taqiq uzaytirilgan

Korxonalardagi uzilişlar Rossiyadan yonilği eksportiga çeklovlar joriy etilişining sabablaridan biri bölgan.

Reuters 30-sentabr kuni Rossiya hukumati dizel eksportiga qöyilgan taqiqni oktabr oxirigaça uzaytirganini xabar qilgan.

Bungaça ham yonilği taqçilligi va içki bozorda narxlar ösişi fonida eksport çeklovlari bir neça marta joriy etilgan edi.

Putin kemalarga zarbalarni töxtatişni rad etdi

«Valday»dagi çiqişida Putin energetika obyektlari va kemalarga özaro hujumlarni töxtatiş taklifini qöllab-quvvatlamagan.

Uning talqiniga köra, Rossiya harbiylari avval harbiy kemalar va harbiy yuk taşigan sudnolarga zarba bergan, şundan keyin Ukraina Rossiya tankerlari va boşqa kemalarini nişonga ola boşlagan.

Putin Ukraina hujum qilgan Rossiya kemalari tinç maqsaddagi yuklarni taşiganini daʼvo qilib, Moskva bunga javob qaytara boşlaganini aytgan.

Munozara boşlovçisi bu kemalarga zarbalarni töxtatiş rad etilişini anglatadimi, deb söraganida, Putin tasdiq javobini bergan.

Rossiya prezidenti özaro hujumlardan voz keçiş takliflarini «bemaʼni» deb atagan. Uning sözlariga köra, faqat neft zavodlariga zarbalarni töxtatişning özi yetarli emas - Ukraina Rossiya kemalariga hujumlarni ham bas qilişi kerak.

Dizel taqçilligida sanksiyalarni ham aybladi

Putin jahon bozoridagi dizel yonilğisi taqçilligini faqat zavodlarga berilgan zarbalar bilan boğlaş töğri emasligini aytgan.

Uning iddaosiça, Rossiya dizelining xalqaro bozorlarga çiqişiga, birinçi navbatda, sanksiyalar, şuningdek, Ukraina tomonidan tankerlarga zarba beriş xavfi tösqinlik qilmoqda.