«Nima dard?» aslida kimning dardi? Jurnalistlarsiz podkast haqida
|11:45 / 03.10.20265 0319 min
Kitob öqimaydigan jamiyat, vaksinadan qörqayotgan ota-onalar, insonning özini örganayotgan sunʼiy intellekt va hamon eski standartlardan qutula olmayotgan yöllar... Bu gal «Nima dard?»ning avvalgi tört soni tomoşabinlarning fikrlari, eʼtirozlari va takliflari tahlil qilindi.
Kitob öqimaydigan jamiyat, vaksinadan qörqayotgan ota-onalar, insonning özini örganayotgan sunʼiy intellekt va hamon eski standartlardan qutula olmayotgan yöllar. «Nima dard?» podkastining dastlabki tört sonida turli mavzular kötarildi. Bu safar esa mehmon yöq: Jamşid Muslimov va Odilxon Alixonov özaro suhbatda avvalgi körsatuvlarga qaytib, ulardan qanday xulosalar çiqargani, tomoşabinlar eʼtirozlari va podkast nega aynan şu formatda yaratilgani haqida gaplaşdi.
«Nima dard?»ning beşinçi soni odatdagidan boşqaça boşlandi. Bu safar studiyaga mutaxassis taklif qilinmadi. Boşlovçilar Jamşid Muslimov va Odilxon Alixonovning özi suhbatdoşga aylandi.
Bunga sabab ham bor. Dastlabki sonlardan keyin tomoşabinlardan «jurnalist emasligingiz bilinib qoldi», «adabiy tilda gapiringlar», «rusça sözlarni aralaştirmanglar» mazmunidagi eʼtirozlar kelib tuşgan.
Boşlovçilar esa jurnalist ekaniga heç qaçon daʼvo qilmaganini aytadi. Odilxon Alixonov şifokor, Jamşid Muslimov esa moliya va iqtisodiyot sohasi vakili. Ularning aytişiça, podkastning vazifasi professional jurnalistik intervyuni takrorlaş emas.
Maqsad - jamiyatdagi muammolarni özining şaxsiy dardidek qabul qiladigan ziyoli va mutaxassislarni topiş, ularning fikrini eşitiş, muammoni muhokama qiliş va imkon qadar yeçim tomon qaraş.
Nega özbekça ilmiy kitobga talab kam?
Boşlovçilar birinçi suhbat - «Farengeyt» naşriyoti muharriri Xurşid Yöldoşev bilan kitob va kitobxonlik haqidagi muloqotga qaytdi.
Undagi bir voqea Jamşid Muslimovning ayniqsa yodida qolgan. Kitob yarmarkasida bir bola özbek tiliga tarjima qilingan ilmiy-ommabop fizika kitobini yoqtirib qoladi. Ammo otasi uning örniga arzonroq ertak kitobini olib beradi. Xuddi şu kitobning rus tilidagi, hatto qimmatroq nusxalarini esa rusiyzabon ota-onalar xarid qilayotgani aytilgan edi.
Bu oddiy kitob savdosidan kattaroq savolni tuğdiradi: nega özbek tilidagi sifatli ilmiy-ommabop adabiyotga talab kutilgan darajada emas?
Suhbatda buning ildizlari taʼlim, öqiş madaniyati va avlodlardan avlodlarga ötib kelayotgan qaraşlarga borib taqalişi mumkinligi haqida fikr bildirildi. Boşlovçilar bu bahsli mulohaza ekanini alohida taʼkidlab, tomoşabinlarni ham muhokamaga çaqirdi.
Mavzuga oid
Yana bir muammo - kitob öqişni bilmaslik. Odilxon Alixonovning fikriça, inson murakkab kitobni qanday öqişni tuşunmasa, bir neça sahifadan söng zerikişi mumkin. Uning yonida esa tez va oson axborot beradigan YouTube, ijtimoiy tarmoqlar va öyinlar turibdi.
Şu bois podkastning birinçi sonidan keyin bosmadan çiqqan «Kitobni qanday öqiş kerak» hamda argument va bahs yuritiş mahoratiga oid kitoblar ham suhbatda körsatildi.
Boşlovçilarning fikriça, «Nima dard?» faqat muammoni gapiriş bilan çeklanmasligi kerak. Mehmonlar muammoni hal qiliş uçun amalda nima qilayotgani ham körsatilişi zarur.
«Tok öçsa, vaksina nima böladi?»
Ikkinçi suhbat şifokor Raʼno Qosimova bilan vaksinatsiya, gepatit va soğliqni saqlaş masalalariga bağişlangan edi.
Uşbu körsatuvdan keyin eng köp bahs uyğotgan mavzulardan biri bolalarni emlatişga nisbatan qörquv böldi. Ayrim izohlarda bu holat tibbiy savodxonlikning yetişmasligi bilan boğlangan bölsa, boşqalar barça aybni aholiga yuklaş notöğri ekanini taʼkidlagan.
Jamşid Muslimovning fikriça, ikki tomonda ham asos bor: ota-onaning xavotirini şunçaki inkor qilib bölmaydi, buning örniga unga tuşunarli va işonçli maʼlumot beriş kerak.
Tomoşabinlardan biri esa amaliy savol qöygan: elektr energiyasi uzilib turadigan şaroitda vaksinalarning töğri saqlanişiga qanday işoniş mumkin?
Odilxon Alixonov bunga şifokor sifatida javob berib, vaksinalarni saqlaşda «sovuq zanjir» protokollari mavjudligini tuşuntirdi. Elektr uzilganda sovutkiçlarni oçmaslik, maxsus sovutuvçi vositalardan foydalaniş, zarurat tuğilsa vaksinalarni boşqa joyga köçiriş kabi çoralar közda tutilgan. Kerakli harorat rejimi buzilgan va yaroqliligi şubha ostida qolgan preparatlar esa işlatilmasligi kerakligini aytdi.
Bu muhokama yana öşa savolga olib keladi: odamlarning qörquviga faqat «savodsizlik» deb qaraş töğrimi yoki qörquvni kamaytiriş uçun tizimning özi köproq tuşuntirişi kerakmi?
Sunʼiy intellekt biz haqimizda nimani bilib olyapti?
«Nima dard?»ning eng köp qiziqiş uyğotgan sonlaridan biri sunʼiy intellekt böyiça mutaxassis Anvar Narzullayev bilan suhbat böldi.
Beşinçi sonda boşlovçilar uşbu muloqotga yana qaytişdi.
Ularning muhokamasidagi qiziq fikrlardan biri şunday: inson sunʼiy intellektga qanday savol berayotgani uning özi haqida ham köp narsani körsatadi.
Yaʼni SI foydalanuvçining bilimini avtomatik ravişda oşirib qöymaydi. Aksinça, bilimli, tanqidiy fikrlay oladigan va töğri savol qöya oladigan odam undan samaraliroq foydalanişi mumkin.
Ammo masalaning ikkinçi tomoni ham bor.
Sunʼiy intellekt tizimlari ulkan hisoblaş quvvati, elektr energiyasi, sovitiş infratuzilmasi va boşqa resurslarni talab qiladi. Şunga qaramay, köplab SI xizmatlari foydalanuvçiga nisbatan arzon yoki qisman bepul taqdim etilmoqda.
Boşlovçilar şu nuqtadan boşqa savolga ötadi: agar xizmatning özi şunçalik qimmat bölsa, nega foydalanuvçiga arzon?
Ularning muhokamasida javoblardan biri - maʼlumot.
Insonning vaqti, eʼtibori, qiziqişlari, savollari va xatti-harakatlari ham maʼlumotga aylanadi. Zamonaviy dunyoda esa katta hajmdagi maʼlumot iqtisodiy va texnologik jihatdan nihoyatda qimmat resursga aylanib bormoqda.
Şu bilan birga, suhbat sunʼiy intellektdan voz keçiş kerak degan xulosaga kelmaydi. Aksinça, uni tuşuniş, örganiş, tekşiriş va xavfsiz foydalaniş zarurligi haqida fikr yuritiladi.
Jamşid Muslimov buni atom energetikasi bilan qiyoslaydi: texnologiya ulkan foyda manbai ham, nazorat qilinmasa katta xavf manbai ham bölişi mumkin.
Faqat bir muhim farq bor - zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari tobora murakkablaşmoqda.
Şuning uçun suhbatda kiberxavfsizlik, nazorat mexanizmlari va texnologiyalar uçun qatʼiy qoidalar kerakligi haqidagi savollar ham örtaga taşlandi.
«Sifatli yöl - eng arzon yöl»
Törtinçi suhbat yöl qurilişi mutaxassisi Ziyodulla Bahromov bilan bölib ötgan edi.
Jamşid Muslimov uçun uşbu suhbatdagi eng qiziq jihatlardan biri oddiy odam har kuni foydalanadigan asfalt va yöl ortida naqadar murakkab texnologik jarayon turgani bölgan.
Nega yöllar tez buziladi? Nega qayta-qayta taʼmirlanadi?
Suhbatda Özbekistonda yöl qurilişining ayrim standartlari va yondaşuvlari hanuz eski tizimdan meros bölib qolayotgani haqida fikr bildirilgan edi.
Odilxon Alixonov esa suhbatdan «quriliş madaniyati» degan tuşunçani alohida ajratib oldi.
Uning talqiniça, quriliş madaniyati - ilmiy yondaşuv, aniq hisob-kitob, sifat va muddat örtasidagi muvozanat. Agar muddat asosiy maqsadga aylanib, sifat undan keyingi öringa tuşib qolsa, natijada sifatsiz va oxir-oqibat qimmatga tuşadigan yöl paydo böladi.
Şu suhbatda aytilgan bir jumla esa boşlovçilarning ayniqsa yodida qolgan:
«Sifatli yöl - eng arzon yöl».
Çunki sifatli yöl dastlab köproq mablağ va texnologiya talab qilişi mumkin. Ammo uzoq xizmat qilişi va qayta-qayta taʼmirlaşga ehtiyoj tuğdirmasligi hisobiga umumiy xarajat kamayadi.
Suhbatda yana bir muammo - zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar yetişmasligi haqida gapirilgan. Ziyodulla Bahromov xorijdan mutaxassis olib keliş, yoşlarni tayyorlaş va şogird yetiştiriş uçun şaxsiy mablağidan ham foydalanayotganini aytgan edi.
Boşlovçilar nazarida, aynan şunday amaliy harakatlar kengroq auditoriyaga yetib borişi kerak.
«Nima dard?» aslida kimning dardi?
Beşinçi son oxirida suhbat yana podkastning öziga qaytadi.
«Nima dard?» - klassik jurnalistik intervyu emas. Uning boşlovçilari ham professional jurnalist bölişga daʼvo qilmaydi. Format ataylab erkinroq qurilgan.
Ammo erkinlikning ortida aniq maqsad bor: xalq va jamiyat dardi bilan yaşayotgan odamlarni topiş, ularning muammolarini eşitiş, yeçim haqidagi fikrlarini körsatiş va auditoriyani ham şu suhbatga qöşiş.
Şuning uçun boşlovçilar tomoşabinlardan faqat körsatuvni baholaşni emas, keyingi suhbatlarning yönalişini belgilaşda ham iştirok etişni söraydi.
Jamiyatda sizni nima qiynayapti? Qaysi muammo yetarliça gapirilmayapti? Kimning fikrini eşitişni xohlaysiz? Podkastni tomoşa qiling va izohlarda fikrlaringizni qoldiring.