«Dom qurilişiga bu yerda hamma aholi qarşi»
Mahalla aholisining aytişiça, ularning asosiy talabi - eski yöl örnida köp qavatli uylar qurilmasligi va hududdagi transport muammosiga yeçim topilişi.
«Xöş, bizning şikoyatimiz – davlatga heç qanday qarşiligimiz yöq. Faqat kelib, şu yerdagi aholidan söraşsin: sizlarga nima qulay bölyapti? Lekin “dom” qurilişiga bu yerda hamma aholi qarşi. Bizga qolsa, yölning bu betini ham, u betini ham bir tomonlama qilsin-da, örtasini boğ qilib bersin.
Tuman hokimiga ham çiqildi. Tuman hokimi dom qurilmaydi, dedi, lekin men sizlarga yozma ravişda aytib berolmayman, tasdiqlamayman, dedi. Ammo hozirça dom qurilmaydi, deb aytdi. Lekin qölimizda şunaqa loyiha bor, bizga kelib tuşdi - “dom” quriladi bu yerga», - deydi mahalla aholisidan biri.
Fuqarolarning taʼkidlaşiça, yaqin atrofda yangi turar joy majmualari ham qurilmoqda. Ularning fikriça, bu hududda yana köp qavatli uylar qurilsa, aholi va avtomobillar oqimi yanada ortib, hozirning özida mavjud tirbandlik jiddiy muammoga aylanişi mumkin.
Hokimlik: «yöl sayilgoh qiliş maqsadida köçirilgan»
Toşkent tumani hokimi Sardor Ergaşevning tuşuntirişiça, eski yöl suv böyida joylaşgan. Uning aytişiça, yölning öng tomonga köçirilişiga hududni obodonlaştiriş va sayilgoh qiliş rejasi sabab bölgan.
«Çunki u suvning böyida joylaşgan joy, katta suv. U yerda biz sayilgoh qilyapmiz. Yaʼni öng tarafga yölni surganimiz - u yer doimiy axlatxona, yaʼni qarovsiz, quriliş çiqindilari tökilib yotgan joy bölgan. Şuning uçun bu tarafni sayilgohga aylantiriş maqsadida yöl öng tarafga köçgan», - dedi tuman hokimi.
Hokimning taʼkidlaşiça, eski yöl örnida turar joy qurilişi hozirça rasman belgilanmagan.
«Yöl tuşganidan keyin u yerda savdo markazi böladimi, boğ, yaşil makon, savdo-xizmat körsatiş kompleksi, sport maydonçasi böladimi - u narsa yöq, u “dom” bölmagan, auksionga çiqmagan. Şuning uçun “dom” haqida gapirilmagan, çunki u asossiz taxmin», - dedi tuman hokimi.
«Eski yöl 12 metr emas, 7 metr bölgan»
Yölning kengligi masalasida aholi va hokimlik maʼlumotlari örtasida ham farq bor.
Aholi eski yöl taxminan 11–14 metrgaça bölganini, yangi yöl esa 9 metr ekanini aytmoqda.
«Mana bu yangi yöl 9 metrli yöl, judayam tor. Na kiriş, na çiqiş bor. Agar mana şu yöl kengroq bölganda, mahallada hamma uçun qulay bölardi. Çunki xalq nimaga çiqyapti - xalqning dardini heç kim eşitmayapti, hokim ham köz yumyapti. Mana şu yerdan biz kirib, özimning uyim oldida tursam ham, kirib-çiqişga judayam qiynalyapman.
Eski yöl bölsa, 14 metr, 12 metr atroflarida. Lekin bu yer qulay edi, unday tirbandlik ham yöq edi, bemalol maşina kirsa ham bölardi, çiqsa ham bölardi. Hozirgi yangi yölda judayam odam qiynalyapti. Şunga bir yeçimi bormi bu yerda? Keyin ham eski yölni nima sababdan surişdi? Şu javob bizga kelmayapti. Şuning uçun xalq çiqib, bu yerda norozi, köpçilik xalq», - dedi u.
Tuman hokimi esa loyihaga köra yangi yölning umumiy eni 16 metr ekanini, şundan 9 metri qatnov qismi, qolgan qismi piyodalar yölagi, yaşil hudud va lotoklardan iboratligini bildirdi.
«Hozirgi loyihamiz, qilayotgan yölimiz jami loyihada 16 metr eni. Bu qatnov qismi 9 metr. Qolgan qismi piyodalar yölagi, yaşil yölak, lotoklardan iborat. Avvalgi yölni 12 metr deb aytyapsizlar, 12 metr bölmagan. Aytişyapti endi aholi 12 metr deyapti. 7 metr - avvalgi yöl kadastr hujjatida», - dedi u.
Aholi bolalar maydonçasi va daraxtlar masalasini ham kötarmoqda
Fuqarolar yöl rekonstruksiyasi jarayonida mahalladagi bolalar maydonçasi ham buzib taşlanganini aytmoqda. Ularning sözlariga köra, avval bu maydonda mahallaning turli qismlaridan kelgan önlab bolalar öynardi.
«Bizning mana bu yerda bolalar öynaydigan maydonça bor edi. 70–80 ta bola kelardi, mana şu yerda öynardi, hamma mahalladagi bolalar çiqib öynardi. Maydonça ham yöq, maydonçaning hammasini buzib taşladi. Sörasak, qilib beramiz, deb aytdi. Uni bilmadim, qaçon qilib beradi, lekin qilib beramiz, deb aytdi. Bittasi keladi yoki qaysidir yordamçisi keladi. U aytadi: “yöq, maydonçani mana şu yerda öynayvering”, deb. Bittasi, yordamçisi keldi, “mana bu yerda öynasin bola”, dedi. Kiçkinagina joy», - deydi mahalla aholisidan biri.
Aholi, şuningdek, hududdagi daraxtlar taqdiri va ular örnida qanday işlar amalga oşirilişi mumkinligidan ham xavotir bildirmoqda.
«Mana bu yerda 12 tup örik daraxtimiz bor. Lekin özimiz qarab, şu yerda mevasini olamiz. Keçagi yiğilişda hokim bölsa, bu yerda örik qilmaydi, meva solmaydigan daraxtlarni menga aytyapsan, dedi. Lekin bu yil sovuq kelgani uçun köp daraxtlarni sovuq urib ketgan edi, meva qilmadi.
Lekin şu daraxtlarni kesib, örniga, qandaydir auksionga qöyib sotaman, tadbirkorlarga investitsiya kirgizamiz, iş örinlari yaratamiz, deyapti. Lekin bu yerda unday şaroit ham yöq. Keyin uy quradigan bölsa, avtoturargohi yöq, avtoturargoh judayam tor. Keyin mana bu yerda pastimizda Mezana degan dom qurilyapti, lekin ularning ham kirib-çiqişini inobatga olişmayapti. Xalq judayam köpayib ketyapti. Erta kelajakni öylaşimiz kerak», - deydi u.
Turar joy qurilişi böyiça rasmiy loyiha bormi?
Aholining asosiy xavotiri - eski yöl örnida olti qavatli turar joy majmuasi qurilişi mumkinligi.
Fuqarolar bunday maʼlumotni yöl qurilişida işlagan quruvçilardan eşitganini aytmoqda. Ayrim aholi vakillari hatto bunday quriliş aks etgan loyiha borligini ham taʼkidladi. Biroq Toşkent tumani quriliş boşqarmasi maʼlumotiga köra, hozirça tuman hokimligidan uşbu hudud böyiça ularga heç qanday quriliş loyihasi kelib tuşmagan.
Şu bilan birga, aholi yaqinda hududga mutaxassislar kelib, yerdan namunalar olganini aytmoqda. Ular bu işlar kelgusida quriliş bölişi ehtimolini tekşiriş bilan boğliq bölişi mumkinligidan xavotirda.
Hokimlik esa eski yöl örnida qanday obyekt barpo etilişi hozirça hal qilinmaganini bildirmoqda. Avvalo hudud imkoniyatlari va çeklovlari örganilib, tegişli komissiya xulosasi olinişi kerak.
Şunday qilib, hozirça Mustaqillik köçasida turar joy qurilişi rasman tasdiqlangani yöq. Ammo yölning nega aynan şu tarzda köçirilgani, eski yöl örnidan qanday foydalanilişi va aholining transport hamda obodonlaştiriş böyiça takliflari oçiq qolmoqda.
Kun.uz jarayonni kuzatişda davom etadi.







