Samarqandda 18–22-oktabr kunlari şaharga kiriş yöllari va 16 ta markaziy köçada transport harakati vaqti-vaqti bilan çeklanadi. Bunga şaharda ötkaziladigan yirik xalqaro tadbirlar sabab bölmoqda.

Içki işlar vazirligiga köra, şahar 19−20-oktabr kunlari «S5+1» formatidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ taşqi işlar vazirlari uçraşuviga, 21−22-oktabr kunlari esa bolalar farovonligi va kelajagiga bağişlangan butunjahon sammitiga mezbonlik qiladi.

Harakat çeklanadigan köçalar: Ibn Sino, Böstonsaroy, Universitet xiyoboni, Registon, Afrosiyob, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Şohbot, Usta Umar Jöraqulov, Şohi Zinda, Mirzo Uluğbek, Beruniy, Dahbed, Rudakiy, Gulobod va Oydin yöli.

Bu davrda haydovçilar uçun aylanma yöllar orqali harakatlaniş taşkil etiladi. Yopilgan yöllardan faqat tezkor xizmatlarning maxsus transport vositalari harakatlanişiga ruxsat beriladi.

Samarqand viloyati hududidan tranzit ötuvçi transport vositalari uçun ham aylanma harakat yönalişlari belgilangan.

Vazirlik haydovçilar va şahar mehmonlaridan vaqtinçalik noqulayliklarni töğri tuşungan holda, yöllarda xavfsizlikni taʼminlayotgan masʼul xodimlarning talablariga rioya qilişni söragan.