DW xabariga köra, Kanada boş vaziri Mark Karni 18-oktabr kuni Ottavada ötkazilgan matbuot anjumanida qurbonlar haqidagi maʼlumotni tasdiqlagan. Halok bölgan harbiylarning oilalari xabardor qilingan.

Karni voqeani Kanada qurolli kuçlari mamlakat hududida tinçlik davrida boşdan keçirgan eng oğir fojialardan biri deb atagan.

Hokimiyat maʼlumotiga köra, öta oğir ahvoldagi 19 kişidan taşqari, yana qariyb 20 kişi nisbatan yengilroq jarohat olgan.

Xabarda aytilişiça, tabiiy yonğin 18-oktabr kuni kunduzi boşlangan. Biroq harbiy rahbariyat maşğulotlarni töxtatmaslikka qaror qilgan.

Keyinçalik kuçli şamol kötarilib, olov daşt böylab harbiylar tomon jadal tarqalgan. Generallar keltirgan maʼlumotga köra, alanga atigi 36 soniyada bir kilometr masofani bosib ötgan.

Yonğinning kelib çiqiş sababi va maşğulotlarni davom ettiriş qarori tafsilotlari xabarda oçiqlanmagan.