Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida davlat tilining jamiyat hayotidagi örni, taʼlim sifatini oşiriş, ilm-fanni özbek tilida rivojlantiriş va raqamli muhitdagi imkoniyatlarni kengaytiriş masalalariga töxtaldi.

«Davlat tiliga hurmat davlat xizmatining sifatida ham körinişi kerak», - dedi Prezident.

Bu fikr tilning ahamiyati faqat rasmiy maqom bilan çeklanmasligini körsatadi. Davlat tilining jamiyatdagi örni fuqarolarning davlat idoralari bilan muloqotda öz huquq va majburiyatlarini qançalik tuşunişi, rasmiy maʼlumotlardan qay darajada foydalana olişi bilan ham belgilanadi.

Davlat idoralarida tuşunarli til

Prezident tabrigida qonun, qaror, yöriqnoma va murojaatlarga javoblar ravon, aniq va tuşunarli tilda yozilişi kerakligi taʼkidlangan. Fuqaro rasmiy hujjat mazmunini anglaş uçun ortiqça qiyinçilikka duç kelmasligi lozim. Şuning uçun davlat tilidan töğri foydalaniş fuqarolar bilan samarali muloqot qilişning muhim şartidir.

Ona tili - meros va taraqqiyot vositasi

Prezident özbek tilini ajdodlardan avlodlarga ötib kelayotgan boy meros sifatida taʼrifladi. Til insonning özini anglaşi, oilasi va Vataniga mehrini ifoda etişi, xalqning xotirasi, bilim va tajribasini saqlaşda muhim örin tutadi.

Taʼlimda tilni amaliy örgatiş

Prezident taʼlim sohasida öquvçilarning öqiş, tuşuniş, gapiriş va savodli yoziş könikmalariga asosiy eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidladi. Tilni biliş faqat grammatik qoidalarni yodlaş emas: öquvçi matnni tuşunişi, savollarga javob berişi va fikrini oğzaki hamda yozma şaklda ifoda eta olişi kerak.

Tabrikda özbek tilini ona tili sifatida örganayotgan bolalar bilan uni davlat tili sifatida egallayotgan öquvçilarning ehtiyojlari farq qilişi qayd etilgan. Şu sababli darsliklar va öqitiş usullarini yangilaşda bu jihat hisobga olinişi lozim.

Ilm-fan va tarjimani rivojlantiriş

Prezident tabrigida özbek tilida zamonaviy ilmiy manbalardan foydalaniş va yangi tadqiqot natijalarini bayon etiş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim vazifa sifatida körsatilgan. Tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot va boşqa sohalarda işonçli adabiyotlar, sifatli tarjimalar hamda elektron resurslarga ehtiyoj katta.

Bu yönalişda olimlar, tilşunoslar, tarjimonlar va sohaviy mutaxassislarning hamkorligi zarur. Atamalarni tanlaşda maʼno aniqligi, tuşunarlilik va xalqaro ilmiy muloqot bilan boğliqlikka eʼtibor qaratiş lozim. Luğatlar yangi bilimlar va til taraqqiyotini izçil aks ettirib borişi kerak.

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt

Tabrikda özbek tilidan raqamli muhitda tölaqonli foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Buning uçun sifatli matnlar va nutq namunalarini jamlaş, elektron luğatlar, tarjima va tahrir vositalarini rivojlantiriş muhim. Nutqni matnga, matnni ovozga aylantiradigan texnologiyalar taʼlimda va kundalik hayotda qulaylik yaratişi kerak.

«Sunʼiy intellekt vositalarining davlat tilidagi sifati ularning insonga qançalik aniq va foydali yordam berayotgani bilan baholanadi», - deyiladi tabrikda.

Bu yondaşuv raqamli vositalarni amaliy natijaga qarab baholaş zarurligini körsatadi. Sunʼiy intellekt özbek tilidagi matnni töğri tuşunişi, mazmunli javob berişi va til xususiyatlarini hisobga olişi kerak. Bunday resurslarni işlab çiqişda mualliflik huquqi va şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş ham muhim.

Davlat tili va boşqa tillarga hurmat

Prezident tabrigida Özbekiston turli millat va elat vakillari birgalikda hayot keçirayotgan umumiy Vatan ekani qayd etilgan. Har bir insonning ona tili va madaniy qadriyatlariga hurmat körsatiş jamiyatdagi döstlik va hamjihatlikning muhim asosi sifatida taʼriflangan.

Şu bois qoraqalpoq tili va boşqa tillarning rivojini qöllab-quvvatlaş, şu bilan birga, özbek tilini örganiş uçun qulay şaroitlar yaratiş işlari uyğun olib borilişi lozim. Davlat tilini biliş insonga yangi bilim va imkoniyatlar eşigini oçadi. Özbek tilini endi örganayotgan insonlarga samimiy munosabatda böliş va ularning intilişini qöllab-quvvatlaş ham muhim.

Yozuv va imlo

Yozuv va imlo masalalarida odamlarning öqişi, yozişi va axborotdan foydalanişi uçun qulaylik asosiy mezon bölişi kerak. Yeçimlar ilmiy asosga, jamoatçilik bilan muloqotga va amaliy tayyorgarlikka tayanişi lozim.

Til taraqqiyoti - umumiy masʼuliyat

Prezident özbek tili ravnaqi yölida mehnat qilayotgan olimlar, tadqiqotçilar, muallimlar, tarjimonlar, adiblar, jurnalistlar, noşirlar va axborot texnologiyalari mutaxassislariga minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, özbek tilini örganayotgan yurtdoşlar va xorijlik döstlarga taşakkur aytdi.

Tilning rivojlanişi taʼlimda savodxonlikni oşiriş, davlat idoralarida tuşunarli tildan foydalaniş, ilm-fanda sifatli adabiyotlarni köpaytiriş va raqamli texnologiyalarni takomillaştirişni talab qiladi.

Prezident tabrigida ona tilini seviş, ardoqlaş, uning şuhratini oşiriş va dunyo bilan muloqotini kengaytirişga har bir inson hissa qöşişi zarurligi taʼkidlangan.

Davlat tilining qadri uning jamiyat hayotida samarali qöllanilişi, odamlarga bilim oliş va öz huquqlarini anglaşda yordam berişi bilan ham namoyon böladi.