DW xabariga köra, reyestrda YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy, siyosatşunos Yekaterina Şulman va tadbirkor Yevgeniy Çiçvarkindan taşqari, homiy Boris Zimin, muxolifatçi siyosatçi Vladimir Milov, advokat Mark Feygin, siyosatçi Leonid Gozman hamda jurnalist Maykl Naki bor.

Şuningdek, huquq himoyaçisi Anastasiya Burakova, sobiq munitsipal deputat Yelena Kotyonoçkina, «Oçiq Rossiya» harakatining sobiq faoli Anastasiya Şevçenko va Aleksey Nesterenko ham röyxatga kiritilgan.

Reyestrda ularning tuğilgan sanasi va joyi, soliq tölovçi raqami, şaxsiy suğurta hisob raqami hamda çeklov qöllaş asoslari körsatilgan.

«Vaqtinçalik çeklov çoralari» qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:

- Rossiya içida davlat xizmatlari va xorijda konsullik xizmatlarini körsatişni rad etiş, şu jumladan, xorijga çiqiş pasporti yoki işonçnoma rasmiylaştirmaslik;

- kredit va qarz bermaslik;

- köçmas mulk yoki transport vositalariga bölgan huquqlarni röyxatdan ötkazişni taqiqlaş;

- yakka tartibdagi tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötişni taqiqlaş;

- bank hisoblarini bloklaş va bank ilovalaridan foydalaniş imkoniyatini çeklaş.

Xabarda qayd etilişiça, çoralar xorijga ketgan, maʼmuriy iş böyiça javobgarlikka tortilgan yoki Jinoyat kodeksining moddalari böyiça sudlangan Rossiya fuqarolariga qaratilgan. Ular orasida Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş», «xorijiy agentlar» töğrisidagi qonunçilikni buziş, «nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etiş va mamlakat hududiy yaxlitligini buzişga oçiq çaqiriqlar bilan boğliq işlar ham bor.

Tegişli qonun loyihalari Davlat dumasida 2025-yil dekabrida birinçi öqişda, 2026-yil iyulida esa ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qilingan. Avgustda ularni prezident imzolagan.

«Pervyy otdel» huquq himoyasi taşkiloti bu çoralarni emigratsiyadagi rossiyaliklarni amalda fuqarolik huquqlaridan mahrum qilişga tenglaştirgan. «Meduza» naşri esa reyestrga kiritiliş oqibatlarini amalda «fuqarolik ölimi» deb baholagan.