7-noyabr kuni Polşaning Krakov şahridagi bozor maydoni hududida ötkinçilarni ötga tutgan şaxsning uyida uç kişining jasadi aniqlandi: bular 53 yoşli erkak hamda 52 va 21 yoşlardagi ayollardir. Polşa politsiyasiga köra, jasadlar jinoyatçining ota-onasi va singlisiga tegişli. U köçaga çiqişdan oldin oila aʼzolarini ham otib taşlagan.
Jasadlar Krakovdan taxminan 200 kilometr masofadagi Ostrovets-Sventokşiski şahridagi uyda topilgan.
Şaxsiy maʼlumotlari hozirça eʼlon qilinmagan 24 yoşli erkak 7-noyabr kuni Krakovning tarixiy qismida avtomobilda harakatlanib, köçadagi ötkinçilarni öqqa tutgandi. Hujum oqibatida olti kişi halok bölib, 16 kişi jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida uni taʼqib etib, zararsizlantirgan ikki politsiyaçi ham bor. Politsiya bilan otişmadan keyin hujumçi qölga olingan va oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan.
Jinoyatçining motivlari hozirça nomaʼlum. Polşa içki işlar vaziri Marçin Kervinskiyning maʼlum qilişiça, qölga olingan şaxs «öta radikal», «ultramillatçi» qaraşlarga ega bölgan.
Mamlakat boş vaziri Donald Tusk Krakovdagi hodisani terakt deb baholagan.
Mamlakatda qurbonlar xotirasiga motam eʼlon qilingan.








