6 Fevral

Yakshanba kuni Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida viloyat hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Avvalgi yakshanba kuni ham Qorovulbozor tumani davlat xizmatchilari yig‘ilishga chaqirilgandi.

5 Fevral

“Xo‘jadavlat” temiryo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda 1 mlrd 143 mln so‘mlik silikon moyi noqonuniy olib o‘tilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

4 Fevral

Buxoro va Samarqand viloyatida fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib, pul olganlar ushlangan. Ulardan biri texnikum o‘qituvchisi.

Senatorlar «Moddiy-madaniy meros obektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashdi.

3 Fevral

Buxoro shahridagi 200 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan obida - Chor Minor darvozasi hududida qo‘y boqilgani haqidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

2 Fevral

Olot tumanida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Peshko‘ tumanida yashovchi fuqaro uy olish maqsadida quruvchiga 150 mln so‘m to‘lagan. Ammo quruvchi unga na uy bergan, na pulini qaytargan.

31 Yanvar

Kogon tumanida 21 yoshli yigit 31 yoshli fuqaro yetkazgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.  

29 Yanvar

2022 yil 14 yanvar kuni Afg‘oniston fuqarosi Buxoroga yuk mashinasida 13 tonna kartoshka orasiga yashirib 54 kg opiy giyohvand moddasini jo‘natgan hamda buxorolik tanishiga uni saqlab turishi evaziga har bir kilogrammi uchun 500 AQSh dollari berishini aytgan . 

28 Yanvar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi “Chor Minor” madrasasi obekti hududida qo‘y boqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi holatga munosabat bildirib, mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

27 Yanvar

Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i Otabek Yodgorovga qanday jazo tayinlanganligi ma’lum bo‘ldi. U 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolasini pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushgandi.

25 Yanvar

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan, Qashqadaryo viloyatida hali svet yonmadi.

Ko`proq yangiliklar
Top