Buxorodagi “Chor Minor” madrasasi hududida qo‘y boqilayotgani rad etildi

Foto: Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi “Chor Minor” madrasasi obekti hududida qo‘y boqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi holatga munosabat bildirib, mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Boshqarma munosabatida ta’kidlanishicha, holat 27 yanvar kuni mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik va shu hududda yashovchi aholi bilan birgalikda joyiga borib o‘rganilgan. Natijada, madrasa va uning atrofidagi hudud ayni paytda ozoda ekani, bu yerda hech qanday qo‘yxona mavjud emasligi aniqlangan.
«Chor Minor» madrasasi joylashgan «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahnoza Kamolovaning so‘zlariga ko‘ra, ayol ikki yarim yildan buyon ushbu mahallada ishlab kelmoqda va bu davr ichida ko‘rsatilgan joyda qo‘yxona mavjud bo‘lmagan, videodagi holat uch yil oldin kuzatilgan. Hududning ozoda va tartibli saqlanishi bo‘yicha fuqaro Mansur Safarov mas’ul etib biriktirilgan. Mahalliy aholi ham ayolning gaplarini tasdiqladi. Blogerlarni ulug‘ ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan obidalarning nufuziga salbiy ta’sir etishi va shu joyda yashovchi aholining qadr-qimmatini oyoqosti qilishi mumkin bo‘lgan, haqiqatga zid habarlarni tarqatmaslikka va bu yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilishga chaqiramiz», — deyiladi munosabatda.
Oldinroq Buxorodagi tarixiy obidalarga 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylashtirilganligi aniqlangandi.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025