6 fevral kuni dam oliş kuni bölişiga qaramay, Buxoro, Vobkent, Ğijduvon va Şofirkon tumanlarida mahalla raislari va hokim yordamçilari yiğilişga çaqirildi. Yiğilişni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ötkazgan. Yakşanba kuni yiğiliş ötkaziş holati viloyatda ötgan hafta ham kuzatilgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, Botir Zaripov 6 fevral kuni Buxoro tumani Kunjiqal’a mahallasidagi madaniyat markazida hokim yordamçilari hamda mahalla raislari bilan yiğiliş ötkazgan. Yiğilişda tumandagi 36 ta mahallada hokim yordamçilari tomonidan xonadonlarni xatlovdan ötkaziş, odamlarni tadbirkorlikka örgatiş masalalari muhokama qilingan.


Yiğiliş viloyat hokimligining rasmiy Telegram kanalida axborot xizmati tomonidan onlayn yoritib borildi. Şundan köriş mumkinki, ertalab 9:00lar atrofida boşlangan yiğiliş bir neça soat davom etgan.

Botir Zaripov xuddi şu kabi yiğilişni bugun Vobkent tumanida ham ötkazgan.

Şuningdek, Botir Zaripovning hokim yordamçilari va MFY raislari bilan uçraşuvi Ğijduvonda ham ötkazilgan.

Yakşanba kuni yiğiliş ötkaziş holati viloyatda ötgan haftada ham kuzatilgan. 30 yanvar kuni (yakşanba) Qorovulbozor tumanida mahalla raislari, deputatlar va tuman faollari iştirokida yiğiliş ötkazilib, bir qator masalalar muhokama










