Otabek Yodgorovga oid işni körib çiqqan harbiy sud unga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan. Jazoni manzil koloniyalarida ötaş belgilangan.
Ötgan yilning sentyabrida 45 yoşli podpolkovnik özga bir fuqaroni aldab, uni viloyat mudofaa boşqarmasi safarbarlik çaqiruv rezervi bölimi noziri vazifasiga işga joylaştirgani uçun 100 AQŞ dollari va 12 boş kurka bolasini olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan uşlangandi.
Keça, 26 yanvar kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taqdim qilgan hisobotda 2021 yilda davomida davlat organlari va taşkilotlarida işlovçi 3050 nafar xodim tomonidan 4 186 ta holatda korrupsion jinoyatlar sodir etilgani xabar berilgan edi.












