Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik fuqaro özini yoqib yuborgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Prokuratura munosabatiga köra, 2022 yil 1 fevral kuni viloyat IIB navbatçilik qismiga fuqaro F.H. özini yoqib, tan jarohati olgani hamda RŞTYoIM Buxoro filialiga murojaat qilgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Hodisa joyiga viloyat prokurorining örinbosari, viloyat prokuraturasi bölim boşliği, Buxoro şahar prokurori va IIO FMB boşliği hamda tergov-tezkor guruhi çiqqan. 

Ma’lum bölişiça, Peşko‘ tumanida yaşovçi F.H. 2021 yil mart oyida quruvçi R.Ş.ga uy oliş maqsadida 150 mln söm pul bergan. Lekin quruvçi uyni rasmiylaştirib bermagan. Fuqaro 1 fevral kuni pulini qaytarişni sörab, takroran murojaat qilgan hamda yana rad javobini olgan. Şundan söng fuqaro soat 14:10larda Buxoro şahrining Furqat mahallasi hududida özining ustidan benzin sepib, yoqib yuborgan va joniga suiqasd qilgan. Bu paytda uning yonida öğli Z.A. ham bölgan. Tibbiy xulosalarga köra, özini yoqib yuborişi oqibatida F.H. tanasining 50 foiz qismi kuygan.

Holat yuzasidan Buxoro şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.