11 Fevral

G‘ijduvonlik keksa va taniqli jurnalist Zarif Sa’diyev tumandagi so‘nggi yillarda yuz bergan voqealarni bir jumlada shunday ifodaladi: «G‘ijduvonda sotilmagan Xo‘jai Jahon qoldi».

Buxoroda ikki mast erkak qo‘shnisining Lacetti’sini yoqib yubordi.

10 Fevral

Kogon tumanida fuqaroni chet davlatga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.  

Kogon shahrida mudhish qotillik jinoyati sodir etildi. 52 yoshli fuqaro 73 yoshli onasini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda hududlarning demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

9 Fevral

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov 6 fevral, yakshanba kuni to‘rtta tumanda yig‘ilish o‘tkazganligi tasdiqlandi. Yig‘ilishga jalb etilganlarga ikki hissa haq to‘lanadi yoki ularning istagiga qarab boshqa dam olish kuni beriladi. 

Buxoro shahrida 2018 yili ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hovlilari «snos» qilingan uch oilaga hamon buzilgan uylari evaziga va’da qilingan yer uchastkalari berilmay kelmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

8 Fevral

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yakshanba kuni to‘rtta tumanda yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur holat Kun.uz’da yoritilgach, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vaziyat yuzasidan tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

7 Fevral

Buxoro viloyatida joylashgan “Chor Bakr” majmuidagi yer auksion savdoga chiqarilgani aniqlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi.

G‘ijduvonda dehqon bozor mashmashasi hamon davom etmoqda. 2019 yilda Markaziy dehqon bozori hududi rekonstruksiya qilish uchun buzilganda, mulki buzilayotgan tadbirkorlarning arzi osmonga o‘rlagan edi.

Jondor tumanida o‘zaro futbol o‘ynagan ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top