Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro viloyati hokimi dam oliş kuni Buxoro, Vobkent, Ğijduvon va Şofirkon tumanlarida mahalla raislari va hokim yordamçilari bilan yiğiliş ötkazganligi yuzasidan tekşiriş natijalarini ma’lum qildi. Holat böyiça Buxoro viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganiş ötkazilgan.

“Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022 yil 6 fevral kuni (yakşanba dam oliş kunida) Buxoro, Vobkent, Ğijduvon va Şofirkon tumanlarida uçraşuv ötkazilganligi sababli mehnat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani aniqlandi. Qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş maqsadida dam oliş kunlari işga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq tölanişi yoki xodimning istagiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriş böyiça Buxoro viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma körsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.