23 Mart

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida mast holda profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

21 Mart

Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Sardor Madg‘oziyev kitob savdosi bilan shug‘ullanadi. U joylarda kitob do‘konlari tarmog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Yosh tadbirkor mahalliy ustalar yordamida sayyor do‘konni velosipedga moslashtirib, aholini kitob bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.

Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi.

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyining ochiq sahnida, Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari – ommaviy sayl bo‘lib o‘tdi.

18 Mart

Respublikada kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sababli vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati soat 18:00 dan vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘ztransgaz» axborot xizmati xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Nexia avtomashinasi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona IIB axborot xizmati xabar berdi.

17 Mart

Vazirlar Mahkamasining “Marg‘ilon shahrida Shveytsariya tibbiyot va axborot texnologiyalari universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

16 Mart

Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Sardor Madg‘oziyev bir necha yillardan buyon kitob savdosi bilan shug‘ullanib keladi. Uning joylarda bir nechta kitob do‘konlari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatadi. Yosh tadbirkor mahalliy ustalar yordamida sayyor kitob do‘konni velosipedga moslashtirib, aholini innovatsion usulda kitob bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 tani tashkil etmoqda.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Farg‘ona, Buxoro hamda Surxondaryo viloyatida bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

13 Mart

Yog‘ingarchilik sabab madaniy meros obektiga kiruvchi Marg‘ilon shahar «Go‘riavval» MFY hududida joylashgan Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasi mutaxassisi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

12 Mart

Qamchiq dovonida yo‘lning chetki qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top