12 Mart

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

11 Mart

Fevral oyida eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab ikki qizi bilan uydan chiqib ketgan onaning qizlaridan birining jonsiz tanasi Katta Farg‘ona kanalidan topilgan. Bedarak yo‘qolgan fuqarolar qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

10 Mart

2021 yilning avgust oyida pora bilan qo‘lga olingan Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘llari uzeli” UK moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Mansabdor shaxslar turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Noqonuniy tarzda 3 tup chinor daraxtini kesgan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tabiatga yetkazilgan zarar 103 million 950 ming so‘m miqdorida hisoblangan.

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Toshkent viloyatida ikki nafar shaxs 9,1 kilogramm, Farg‘ona viloyatida esa yarim kilodan oshiqroq opiy bilan qo‘lga olingan. Yana bir necha fuqaro taqiqlangan dori vositalarini olib ketayotganda ushlangan.

Farg‘onada 65 000, Andijonda 17 000 AQSh dollari evaziga fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.

9 Mart

Toshloq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kavlanova Kamila Anvarovna Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

8 Mart

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Hamrak mahallasida yashovchi Xayrullo Akramov bir muddat Janubiy Koreyada muhojirlikda yashagan. Koreyslar boqayotgan zotdor echkilarni ko‘rib hayratlangan Xayrullo aka O‘zbekistonga qaytgach echkichilik bilan shug‘ullanishni diliga tugadi.

7 Mart

Respublika hududida 2022 yil fevral oyida 19 ta onlayn rejimda ishlovchi fotoradar o‘rnatilgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.

5 Mart

Farg‘onada homilador ayolini Farg‘ona kanaliga itarib yuborgan erkakka nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan jazo tayinlandi.

7 martdan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftasiga 4 marotabadan amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top