Farğona viloyati Qöştepa tumani prokurori örinbosari 2 ming dollar olayotganda uşlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ma’lum qildi.

2024 yil 27 aprel kuni soat 18:0 larda Farğona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.

Tadbirda Qöştepa tumani prokurori örinbosari tanişlari orqali sudning iş yurituvidagi jinoyat işi böyiça aybdor şaxsga nisbatan jazo qöllanişida yengillik qilib berişni aytib, aldov yöli bilan işonçni suiiste’mol qilib, 2 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berişda iştirokçilik) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.